Xudoynazarova Shaxzoda Tursunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.3704.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish imkoniyatlari fiziologik dinamikani qiyosiy baholash, nuqsonlarni korreksiyalash, aqliy funksiyalarni jismoniy o‘zgarishlar ta’sirchanligiga moslashtirish hamda fiziologik yoshga bog‘liq rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish asosida aniqlangan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish jarayoni xoreografik epizodlarni o‘rgatishga qaratilgan fotolavhalardan foydalanish hamda ta’lim muhiti intensivligini ta’minlashga qaratilgan korreksion-ritmik terapiyani bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini rivojlantirish modeli o‘z-o‘zini nazorat qilish, ruhan va fiziologik rivojlantirish, tinglab yoki ko‘rib tushunish hamda harakatlanish traektoriyasini aniqlashga qaratilgan hissiy holatni barqarorlashtirish va artikulyasiya a’zolari harakatini ritmik faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni xoreografik mashg‘ulotlar orqali rivojlantirish samaradorligi ritmik harakatlar izchilligini dinamik muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy-psixologik mikromuhitni bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar:
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish imkoniyatlari fiziologik dinamikani qiyosiy baholash, nuqsonlarni korreksiyalash, aqliy funksiyalarni jismoniy o‘zgarishlar ta’sirchanligiga moslashtirish hamda fiziologik yoshga bog‘liq rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish asosida aniqlash bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbek xoreografiya san’ati namunalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0193-raqamli guvohnoma). Natijada xoreografik mashg‘ulotlar orqali imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish jarayoni xoreografik epizodlarni o‘rgatishga qaratilgan fotolavhalardan foydalanish hamda ta’lim muhiti intensivligini ta’minlashga qaratilgan korreksion-ritmik terapiyani bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbek xoreografiya san’ati namunalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan
302-0193-raqamli guvohnoma). Natijada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografik mashg‘ulotlar orqali o‘stirish, ruhan va fiziologik rivojlantirish texnologiyasining metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini rivojlantirish modeli o‘z-o‘zini nazorat qilish, ruhan va fiziologik rivojlantirish, tinglab yoki ko‘rib tushunish hamda harakatlanish traektoriyasini aniqlashga qaratilgan hissiy holatni barqarorlashtirish va artikulyasiya a’zolari harakatini ritmik faollashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbek xoreografiya san’ati namunalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0193-raqamli guvohnoma). Natijada ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlar va inklyuziv ta’lim muassasalarida xoreografik mashg‘ulotlar va ritmik harakatlarga o‘rgatishning metodik shartlarini diagnostika qilish samaradorligiga erishilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni xoreografik mashg‘ulotlar orqali rivojlantirish samaradorligi ritmik harakatlar izchilligini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy-psixologik mikromuhitni bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbek xoreografiya san’ati namunalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0193-raqamli guvohnoma). Natijada, xoreografik mashg‘ulotlar orqali imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tayanch harakatlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.