Xursanov Rustam Xolmuratovich
fan doktori dissertatsiyasi (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Telekommunikatsiya xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Yu233.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01
Rasmiy opponentlar: Sindorov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qo‘ldoshev Nuriddin Abduganievich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Bozorov Sardor Soxibjonovich, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya xizmatini ko‘rsatish shartnomasining tushunchasi, ushbu shartnomaning mazmunini aniqlash va shartnoma bo‘yicha iste’molchi huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy g‘oyalar hamda qonunchilikni takomillashtirisha oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida shartnoma predmeti, tuzilgan sana va joyi, operator (provayder, eshittiruvchi) nomi (firma nomi), shartnomani tuzishda abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi va xizmatlar ro‘yxati, mobil aloqa xizmatlari uchun — abonent oladigan raqam (SIM-karta)dan foydalanish istagi bo‘lgan mobil aloqa abonent qurilmasining asosiy turlari, jumladan, mobil telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn to‘lovlar terminallari yoki uskunaning boshqa turlari aks etishi lozimligi asoslangan;
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi abonentning tashabbusi bilan istalgan vaqtda, abonentning shaxsiy hisobidagi mablag‘lar tugagan kundan boshlab 60 kundan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin, abonentning mobil raqami boshqa operator (provayder) tarmog‘iga ko‘chib o‘tganida bekor qilinishi mumkinligi asoslantirilgan;
operator (provayder) abonentlarga mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, SMS, shuningdek, abonentlarning USSD so‘rovlariga USSD xabarlarni jo‘natish yo‘li orqali bepul yoki imtiyozli daqiqalar, SMS, Internet trafik va boshqa xizmatlarning tugaganligi to‘g‘risida axborotlarni abonentlarga bepul taqdim etishga majbur (shu jumladan, dilerlar orqali) ekanligi asoslangan;
operator (provayder) tuzilgan shartnoma bo‘yicha telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash muddatlarining buzilishi, xizmatlar sifatsiz ko‘rsatilishi, tegishli axborot taqdim etilmasligi uchun abonent oldida javobgar bo‘lishi zarurligi asoslantirilgan;
axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot ekanligi asoslantirilgan;
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan noqonuniy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilasligi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Telekommunikatsiya xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasining muhim shartlari sifatida predmet, abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi va xizmatlar ro‘yxati, shartnoma bahosi va ishlar bajarishning (xizmatlar ko‘rsatishning) kafolati kabi ma’lumotlar ifodalanishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 251-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 32-8/8546-son dalolatnomasi). Mazkur taklif telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasining muhim shartlari va mazmunini aniqlashga xizmat qilgan;
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi abonentning tashabbusi bilan istalgan vaqtda, abonentning shaxsiy hisobidagi mablag‘lar tugagan kundan boshlab 60 kundan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin, abonentning mobil raqami boshqa operator (provayder) tarmog‘iga ko‘chib o‘tganida bekor bo‘lishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 256-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 32-8/8546-son dalolatnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish asoslarini qonunchilik darajasida aniq belgilash orqali taraflar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish imkoniyatini yaratgan;
operator (provayder) abonentlarga mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari hamda xizmat ko‘rsatish zonasi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotlarni abonentlarga bepul taqdim etishga majburligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 297-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 32-8/8546-son dalolatnomasi). Mazkur taklif operator (provayder) abonentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi tegishli o‘zgartirish hamda xizmat ko‘rsatishga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar haqida bepul axborot taqdim etish majburiyatini aniqlash orqali iste’molchi-abonentlarning huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
operator (provayder) tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini va shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlarini buzganligi uchun abonent oldida javobgar bo‘lishi lozim bo‘lgan aniq holatlar ro‘yxatiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3275, 2020 yil 30 iyun) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 297-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 32-8/8546-son dalolatnomasi). Mazkur taklif operator (provayder)ning telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda javobgar bo‘lishi lozim bo‘lgan holatlarni aniq ifodalaydi;
axborot resursi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli ma’lumotlar ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-679-son qonunining 3-moddasi 1-bandini ishlab chiqishdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2022 yil 16 dekabrdagi 06-13/73-son dalolatnomasi). Ushbu taklif axborot resursi tarkibiga kiruvchi asosiy tushunchalarning belgilashga xizmat qilgan;
internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan noqonuniy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-679-son qonunining 3-moddasi 2-bandini ishlab chiqishdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2022 yil 16 dekabrdagi 06-13/73-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Internetdagi veb-saytdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish taqiqlanishiga oid aniq talab ifodalaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish