Sayt test rejimida ishlamoqda

Tadjibaev Ikram Uralbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sharsimon to‘dalar va ular sistemalari uchun empirik bog‘lanishlarni va sinflashtirishni topish muammolari”, 01.03.01 – astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/FM67.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nuritdinov Saloxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Rasmiy opponetlar: Minglibaev Muxtar Djumabekovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti); Axunov Talat Axmatovich, fizika-matematika fanlari doktori (O‘zbekiston Milliy universiteti); Rayimbaev Djavlonbek Radjapbaevich, fizika-matematika fanlari doktori (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti);
Etakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ushbu dissertatsiyaning maqsadi garsimon to‘dalar, ular sistemalari va galaktikalari alohida fizik parametrlari orasida empirik bog‘lanishlarni izlash, sharsimon to‘dalar va ular sistemlari uchun sinflashtirishni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, sharsimon to‘da markaziga nisbatan yulduzlar konsentratsiya darajasini ifodalovchi parametr va tezliklar anizotropiya parametri qiymatlari markaziy soha uchun Xabbl kosmik teleskopidan olingan kuzatuv ma’lumotlari asosida hisoblangan. Sharsimon to‘dalarni sinflashtirish muammosi echilgan va Galaktikamiz sharsimon to‘dalari klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Konsentratsiya darajasi va sharsimon to‘dalarning massasi, absolyut yulduz kattaligi, boylik darajasi va Galaktika markazidan uzoqligi orasida empirik formulalar topilgan. 441 ta sharsimon to‘dalar sistemasidan iborat jamlanma katalog yaratilgan va turli xil mualliflar tomonidan aniqlangan usullar va kuzatuv ma’lumotlari uchun solishtirma tahlil bajarilgan. Spiral, noto‘g‘ri va karlik galaktikalar uchun sharsimon to‘dalar sistemasi va ular galaktikalari asosiy xarakteristikalari orasida empirik bog‘lanishlar aniqlangan. Sharsimon to‘dalar sistemalari sinflashtirish muammolari taxlil qilingan. Sharsimon to‘dalar sistemalari uchun sinflashtirish ishlab chiqilgan. Sharsimon to‘dalar sistemalari fizik xarakteristikalari va virial parametr orasida empirik bog‘lanishlar topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya natijalari quyidagilarga joriy qilingan:
hisoblab topilgan tezliklar anizotropiya parametri va sharsimon to‘dalar markaziga nisbatan konsentratsiya darajasi qiymatlari tarqoq to‘dalar uchun xuddi shunday kattaliklarini aniqlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 16 iyundagi 04/11-3467 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarqoq to‘dalar uchun anizotropiya parametri va konsentratsiya darajasi hisoblab topildi.
ishlab chiqilgan sharsimon to‘dalarni sinflashtirish tarqoq to‘dalarga nisbatan ham qo‘llanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 16 iyundagi 04/11-3467 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarqoq to‘dalarni ham shunday sinflarga ajratish taklif etildi. Konsentratsiya darajasi bilan massa, absolyut kattalik, boylik indeksi, Galaktika markazigacha bo‘lgan masofa orasida topilgan empirik formulalar tarqoq to‘dalar uchun ham shunday formulalar mavjudligini tekshirish imkonini berdi.
Sharsimon to‘dalar sistemalari katalogi turli tipdagi galaktikalarni o‘rganish imkonini berdi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 16 iyundagi 04/11-3467 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, galaktikalarning strukturaviy hodisalari, shuningdek, spiral galaktikalarning sferik tashkil etuvchilari batafsil o‘rganildi.
spiral, karlik va noto‘g‘ri galaktikalar parametrlari va ular sharsimon to‘dalar sistemalari xarakteristikalari orasida topilgan empirik formulalar disksimon galaktikalarning xuddi shunday kattaliklarini aniqlashda foydalanildi  (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 16 iyundagi 04/11-3467 sonli ma’lumotnomasi). Masalan, galaktika absolyut kattaligi va metallilik yoki sharsimon to‘dalar soni orasida topilgan bog‘lanish disksimon galaktikalarning absolyut kattaligini aniqlashda yordam bergan.
Sharsimon to‘dalar sistemalari sinflashtirishidan spiral galaktikalardagi nochiziqli jarayonlarni o‘rganishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 16 iyundagi 04/11-3467 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sharsimon to‘dalar sistemalarining sinfiga qarab galaktikalarni ham mos bo‘lgan guruhlarga ajratish mumkinligi aniqlandi.
    Dissertatsiya natijalari “Priroda krupnomasshtabnix strukturnix obrazovaniy v galaktikax s razlichnimi krasnimi smeshheniyami” (OT-F2-049) mavzudagi mahalliy ilmiy grant doirasida joriy qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish