Hasanov Tohir Abdurashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyashi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt369.
Ilmiy maslahatchi: Toshmatov Shuhrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., akademik Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, i.f.d., prof. Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, i.f.d., prof. Xoshimov Akrom Abdievich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini boshqarish uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatishda xususiy sektorni jalb etishning samarali tizimini yaratish taklifi asoslangan;
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida turli mulkchilik shakllaridagi sub'ektlarni jalb etish orqali raqobat muhitini rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan;
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini demokratik tamoyillari asosida boshqarish sifati va samaradorligini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy kommunal xizmatlardan qarzdorligini davlatning moliyaviy ko‘magi asosida qisqartirish tizimini yaratish taklif etilgan;
davlatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatini qo‘llash asosida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi boshqaruvining iqtisodiy asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatishda xususiy sektorni jalb etishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 yanvardagi “Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/13-6595-son ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi ko‘p kvartirali uy-joylar professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarilishi natijasida avariya holatlari 60 foizga, mulkdorlarning muddati o‘tgan majburiy badallar bo‘yicha qarzdorligi 25 foizga qisqarishi hamda 1,4 mlrd. so‘mlik bank kreditini qaytarilishiga erishilgan;
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida turli mulkchilik shakllaridagi sub'ektlarni jalb etish orqali raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 yanvardagi “Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/13-6595-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Buning natijasida, bugungi kunda mamlakatimizda mavjud 39691 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning 885 tasi 205 ta uy-joy mulkdorlari shirkati, 36463 tasi 766 ta professional boshqaruv kompaniyasi va 802 tasi bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilmoqda;
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida boshqarish sifati va samaradorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–5152-son farmonida ifodalangan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/13-6595-son ma’lumotnomasi). Natijada uy-joylardagi umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxatini mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlash tizimijoriy etildi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy kommunal xizmatlardan qarzdorligini davlatning moliyaviy ko‘magi asosida qisqartirish tizimini yaratish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–5152-son farmonida ifodalangan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/13-6595-son ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan kam ta’minlangan oilalarga majburiy badalni to‘lab berish maqsadida subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
davlatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatini qo‘llash asosida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi boshqaruvining iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF–101-son farmonida ko‘zda tutilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/13-6595-son ma’lumotnomasi). Buning asosida uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun olingan daromadlar qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘idan ozod etilishi belgilandi.