Xabibullaeva Nozima Fazliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Poliaminosaxaridlar asosida yangi hosilalar: sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.03 – Organik kimyo, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K533.
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.09.2020.K.82.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Oliy Ravshanovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo hisoblangan ayrim pardaqanotlilar tarkibidan xitin undan xitozan olish, optimallash va modifikatsiyalash yordamida yangi hosilalarini sintez qilish, tuzilishi va xossalarini aniqlangan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo manbaalari tarkibidan xitin va undan yuqori unumda quyi molekulyar og‘irlikdagi, deatsetillanish darajalari yuqori bO‘lgan xitozan olish jarayonining qulay sharoitlari aniqlangan;
xitozan asosida glyukozamin olingan, jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan, glyukozamin asosida Shiff asoslari sintez qilingan;
xitozan asosida aldegidlar, alkil galogenidlar bilan N-alkil hosilalari, kislota angidridlari bilan N-atsil hosilalari sintez qilingan, jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi omillar va ularni kimyoviy tuzilishlari aniqlangan;
xitozan asosida mikro O‘lchamga ega kumushli, nanoO‘lchamga ega selenli kompozitlari olingan va ularning tarkibi, xossalari, terini regeneratsiya qilish xossalari turli fizik-kimyoviy va biologik usullar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizda keng tarqalgan xomashyo manbaalari asosida poliaminosaxaridlardan xitin va xitozanni ajratib olish, modifikatsiyalash hamda qO‘llanilishi bO‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Apis melliferadan olingan xitozan uchun tashkilot standarti O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Ekspertlar guruhi tomonidan tasdiqlangan (S 200845944-109:2022 sonli tashkilot standarti). Natijada kimyo laboratoriyalarida mis ionlarini aniqlovchi ingibitorlar va immobilizasiyalangan organik reagentlar bilan tashuvchilar sifatida foydalanish imkonini beradi;
immobilizatsiya qilingan xitozan granulalari «O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» tomonidan berilgan 13.07.2022 yildagi №814/GK-07 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlardan mis (II) ionlarini ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish