Sultanov Sardor Xudayberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moyi ishlab chiqarish texnologiyasini suyuqlik - bug‘- suzuvchi nasadka tizimida dezodoratsiyalash jarayonining kompyuter modeli asosida takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq - ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari, 02.00.17 - Qishloq xo‘jaligi va oziq - ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2359.
Ilmiy rahbarlar: Artikov Asqar, texnika fanlari doktori, professor; Hamdamov Anvar Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik - texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Nargiza Qaxramonovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Xudayberdieva Nazora Sharafovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moyi ishlab chiqarish texnologiyasini «suyuqlik-bug‘-suzuvchi nasadka» tizimidagi dezodoratsiyalash jarayonining kompyuter modeli asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik parametrlar - ishchi bosim, moy harorati, suyuqlik va bug‘ fazalar sarfi hamda nasadkalarning o‘lchamlari va miqdorini (sonini) moy tarkibidan engil uchuvchan komponentlarni ajratish (dezodoratsiyalash) samaradorligiga ta’siri ilmiy asoslangan;
jarayonning turlicha gidrodinamik rejimlarida suzuvchi yog‘och nasadkalarning dezodoratsiya kolonnasi balandligi bo‘ylab taqsimlanish qonuniyatlari aniqlangan;
“suyuqlik-bug‘-suzuvchi nasadka” tizimida amalga oshiriladigan moyni dezodoratsiyalash jarayonining matematik modeli va uni MATLAB dasturidagi kompyuter modeli ishlab chiqilgan;
suzuvchi nasadkalar ishtirokida engil uchuvchan komponentlarni dezodoratsiyalash jarayonining ratsional texnologik va gidrodinamik rejimlari aniqlangan;
paxta moyini dezodoratsiyalash jarayonini suzuvchi yog‘och nasadkalardan foydalanib amalga oshirishning texnologik samaradorligi isbotlangan va shu asosda bunday nasadkalar ishtirokida moyni dezodoratsiyalash bosqichida o‘simlik moyi ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik moyi ishlab chiqarish texnologiyasini suyuqlik-bug‘-suzuvchi nasadka tizimidagi dezodoratsiyalash jarayonining kompyuter modeli asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suzuvchi yog‘och nasadkalar bilan ta’minlangan davriy rejimda ishlovchi dezodoratorning tavsiya etilgan yangi konstruksiyasi “Namangan tola-tekstil” MChJning “2022-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yilning 3 oktyabridagi NM/3-807 - sonli ma’lumotnomasi) Natijada, paxta moyini dezodorasiyalash jarayonining davomiyligini 85 minutga qisqartirish, haroratini 20°C ga pasaytirish, suv bug‘i sarfini esa 16 % ga qisqartirish hamda moy tarkibidan xid va ta’m beruvchi yo‘ldosh moddalarni fraksion ajratuvchi qurilmaning samarali konstruksiyasini hisoblash va loyihalash imkonini bergan;
yog‘och nasadkalardan dezodorasiya jarayonida foydalanish usuli innovatsion ishlanma sifatida “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJning “2022-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yilning 3 oktyabridagi NM/3-807 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rafinatsiyalangan va dezodoratsiyalangan tovar paxta moyining sifat ko‘rsatkichlarini O‘zDST 816:2015 talablariga to‘liq mos kelishiga erishish imkonini bergan.