Temirxanova Mutabar Jo‘raevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):Turistik korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotni takomillashtirish”, 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt223.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Dusmuratov Rajabboy Davletboevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“hisob siyosati”ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib, turistik korxonalarning hisob siyosatining tarkibi tuzilishi (umumiy bo‘lim, uslubiy bo‘lim, texnikaviy bo‘lim, tashkiliy bo‘lim va yakuniy bo‘lim) bo‘yicha namunaviy shakl ishlab chiqilgan va moliyaviy hisob ob’ektlarini baholashning (birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalar) uslubiy asoslari takomillashtirilgan;

turistik korxonalarda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olishda ularga amortizatsiya hisoblash usuli (buxgalter amortizatsiyasi)  taklif etilgan hamda ulardan samarali foydalanish tahlilida rentabellik ko‘rsatkichlarining uslubiy asoslari (amortizatsiya qoplash koeffisienti) takomillashtirilgan;

turistik korxonalarda xususiy kapital hisobi, jumladan sof foydani taqsimlash va foydalanuvchilar uchun axborotlarning oshkoraligini ta’minlash maqsadida sof foydani hisobvaraqlarda aks ettirish tartibi (8711–“Sof foydani taqsimlash”) ishchi schyoti takomillashtirilgan;

turistik korxonalarda moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va ularni taqdim etish metodologiyasi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (amaldagi buxgalteriya balansi (1-shakl)ni, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotga o‘zgartirish hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi (2-shakl)ni esa umumlashtirilgan daromadlar to‘g‘risida hisobotga o‘zgartirish bo‘yicha takliflar) asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Turistik korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

“hisob siyosati”ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib, turistik korxonalarning hisob siyosatining tarkibiy tuzilishi (umumiy bo‘lim, uslubiy bo‘lim, texnikaviy bo‘lim, tashkiliy bo‘lim va yakuniy bo‘lim) moliyaviy hisob ob’ektlarini baholashning (birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalar) uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hisob siyosati  namunaviy shaklini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat  qo‘mitasining 2017 yil 21 dekabrdagi 03-05/4495-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi qo‘mita tasarrufidagi turistik korxonalarda moliyaviy hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil etilishiga, hisobvaraqlar rejasini takomillashuviga va buxgalteriya xizmati xodimlarining ish vaqtini bir oyda o‘rtacha 6 soatga kamaytirib, ularning ish sifati va mehnat unumdorligini ortishiga xizmat qilgan;

turistik korxonalarda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olishda ularga amortizatsiya hisoblash usuli (buxgalter amortizatsiyasi) hamda ulardan samarali foydalanish tahlilida rentabellik ko‘rsatkichlarining uslubiy  asoslari (amortizatsiya qoplash koeffisenti) bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat  qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat  qo‘mitasining 2017 yil 21 dekabrdagi 03-05/4495-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar aktivlarni qisqa muddatlarda hisobdan chiqarishni yoqlab, asosiy vositalarni (ma’naviy jihatdan eskirgan) zamonaviy turlariga almashtirishiga imkon bergan;

turistik korxonalarda moliyaviy hisobotni tuzish tartibi va ularni taqdim etish metodologiyasi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida ilmiy takliflar qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat  qo‘mitasining 2017 yil 21 dekabrdagi 03-05/4495-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida turistik korxonalarga investisiyalarni keng jalb etish, investisiya jozibadorligini yaxshilash hamda ularga bo‘lgan ishonchni yanada oshishi ta’minlangan;

turistik korxonalarda xususiy kapital hisobi, jumladan sof foydani taqsimlash va foydalanuvchilar uchun axborotlarni oshkoraligini ta’minlash maqsadida sof foydani hisobvaraqlarda aks ettirish tartibi (8711-“Sof foydani taqsimlash”) ishchi schyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar turistik korxonalarda foydalanish uchun qabul  qilingan (“Grand comfort travel” MChJning 2017 yil 9 sentyabrdagi 02/1-son, “Mitra travel” MChJning 2017 yil 6 dekabrdagi 02/25-son va “Enjoy travel” MChJning 2017 yil 29 noyabrdagi 02/30-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi korxonalarda 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining qancha qismi taqsimlashga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumotlarni operativ shakllanishiga hamda mavjud aylanma mablag‘lar (aktivlar) va majburiyatlarning bir-biriga uzviy bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qilgan;

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2014-2015 yillarda bajarilgan IOT-2014-1-11-raqamli “O‘zbekistonda turistik va mehmonxona xizmatlarini innovatsion rivojlantirishda xalqaro ISO standartlaridan foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyihada O‘zbekistonda turistik korxonalari faoliyatini rivojlantirish va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashda halqaro standartlardan samarali foydalanish, turistik xizmatlarni innovatsion rivojlantirishda xalqaro ISO standartlarini joriy etish va uni rivojlantirish, turizm sektorini asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari va hisobotlarini halqaro talablar asosida tuzish hamda moliyaviy hisobotni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 11 dekabrdagi yildagi FTA-03-11/1286-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar turistik korxonalarda moliyaviy hisobni to‘g‘ri yuritilishi, mavjud mablag‘lar (resurs)dan samarali foydalanish, innovatsion g‘oyalar asosida moliyaviy hisobning yangi ob’ektlarining shakllanishi hamda investisiyalarni jalb etishning muhim omillaridan hisoblangan moliyaviy  hisobotning shaffofligini ta’minlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish