Ibragimov Xayotjon Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Har xil kollektorli gaz kondensat konlarini samarali ishlatish uchun quduq tubi konstruksiyasini asoslash», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3265.
Ilmiy rahbar: Agzamov Avaz Xamidillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahsuldor gorizontlari yuqori tabaqalangan depression yotqiziqlardan iborat gaz va gazkondensat konlarini samarali ishlatish uchun quduqlar tubining optimal konstruksiyasini texnik-iqtisodiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik fil`tratsion xossali yuqori tabaqalangan gorizontlarida ishlatilayotgan tubi har xil konstruksiyali quduqlarning ko‘rsatkichlari mahsuldorlik koeffisienti va jamg‘arma olingan gaz va kondensat bo‘yicha katta farq qilishi asoslangan;
konning yaratilgan fatsial va litologik modellari asosida uyumning gazga to‘yingan hajmini geologik har xilligi baholangan;
kichik fil`tratsion xossali yuqori tabaqalangan gorizontlar sharoitida eng katta gaz va kondensat olish koeffisientlariga konlarni gazga to‘yingan kesimi to‘liq ochilib fil`tr tushirib yopilgan quduqlar tubi konstruksiyasida erishilishi aniqlangan;
gazkondensat konlarini ishlatishda qatlamga berilayotgan depressiyaning o‘zgartirilishi tubi turli konstruksiyali quduqlarda gaz va kondensat olish koeffisientini bir xil bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Har xil kollektorli gaz kondensat konlarini samarali ishlatish uchun quduq tubi konstruksiyasini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ochiq stvolli quduq konstruksiyalarini asoslash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya Ayzovat konidagi №17 quduqda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-18-8-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilning 2-martidan 1-iyul`gacha 8.79 mln.m3 gaz va 366 tonna kondensat qo‘shimcha qazib chiqarish imkonini bergan;
quduq tubini chuqurlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya Ayzovat gazkondensat konining №12 qudug‘ida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJ ning 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-18-8-107-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yilning 1-iyulidan 10-oktyabrigacha 1.24 mln.m3 gaz va 47 tonna kondensat qo‘shimcha qazib chiqarish imkonini bergan.