Shomurodov Anvar Irkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karbon kislotalarning N-amino(butin-2-il) hosilalarining sintezi, xossalari va ularning faolligi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K534.
Ilmiy rahbar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Vapoev Xusnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, dostent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: monokarbon kislota propargil efirlari va ayrim ikkilamchi aminlar asosida N-amino(butin-2-il) hosilalari sintezi va kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirish, ularning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor monokarbon kislota propargil efirlarini dietanolamin, morfolin va piperidinlar bilan Mannix reaksiyasi asosida aminometillash reaksiyalaridagi ahamiyati asoslangan;
reaksiyani olib borishning optimal sharoitlari, aminometillash-kondensatsiya reaksiyasi qonuniyatlari aniqlangan;
N-amino(butin-2-il) hosilalarini para-azidobenzoy kislota etil efiri va para-brom-fenilazidlar bilan reaksiyasida, uch bog‘ va azid guruhi o‘zaro siklobirikishi natijasida izomer holda yangi 1,2,3-triazol hosilalari chiqishi aniqlangan;
N-amino(butin-2-il) hosilalaridan 4-(bis(2-gidroksietil)amino)but-2-in-1-ilgeksanoat va 4-morfolinobut-2-in-1-il valeratlarda yuqori faollikka ega bo‘lgan ingibitorlik xossasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
N-amino(butin-2-il) hosillarining samarali sintez usullari va modifikatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sintez qilingan ayrim N-amino(butin-2-il) hosillari Qashqadaryo viloyati “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning zavod markaziy laboratoriyasida korroziyadan himoyalovchi ingibitor sifatida korrozion sinovlardan o‘tkazilgan va moddalar orasidan 4-(bis(2-gidroksietil)amino)but-2-in-1-ilgeksanoat neft va gaz qazib chiqarish hamda uni qayta ishlash sanoati texnologik qurilmalaridagi texnologik jihozlar, quvurlar hamda sig‘imlardagi korroziyaning oldini olishda ingibitor sifatida joriy etilgan (“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2023 yil 19 apreldagi 004/1572-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gazni qayta ishlash metall konstruksiyalarida korroziyaning oldini olish imkonini bergan;
sintez qilingan 4-morfolinobut-2-in-1-il kapronat, 4-morfolinobut-2-in-1-il valerat, 4-morfolinobut-2-in-1-il butirat va 4-morfolinobut-2-in-1-il propionatlarni “Uz-Kor Gas Chemical” QK MChJ markaziy laboratoriyasida metall konstruksiya va qurilmalarda biokorroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Uz-Kor Gas Chemical” QK MChJning 2022 yil 23 noyabrdagi 01-4/12-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu moddalar neft-gaz sanoati metall konstruksiyalari va qurilmalari ekspluatatsion muddatlarini oshirishga xizmat qilgan.