Amanlikova Dilfuza Abdug‘anievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qora sedana Nigella sativa urug‘idan olingan lipid tashuvchi oqsilning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B677.
Ilmiy rahbar: Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Fozil Axmedovich, biologiya  fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nigella sativa urug‘idan lipid tashuvchi oqsil olish usulini takomillashtirish va ularni yarali kolitni davolashda to‘qimalarning qayta tiklanishi va bitirishda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nigella sativa urug‘idan lipid tashuvchi Ns-LTP1 oqsil olishning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor Nigella sativa urug‘idan ajratib olingan Ns-LTP1 lipid tashuvchi oqsilning yallig‘lanish va reparatsiya jarayonlariga ta’sir etishi aniqlangan;
peroral va rektal dori vositasi sifatida qo‘llash imkoniyati bo‘lgan liofilizat shaklidagi kompozisiyasi ishlab chiqilgan;
Nigella sativa urug‘idan olingan Ns-LTP1 va uning asosida yaratilgan kompozisiyaning “o‘tkir eksperimental kolit” modelida kalamushlarda hosil bo‘lgan yo‘g‘on ichak yarasi yuzasi va shilliq qavatidagi  shikastlanish darajasining kamayishi ko‘rinishida yaqqol namoyon bo‘lgan yallig‘lanishga  va yaraga qarshi, shu bilan birga tana haroratini pasaytiruvchi ta’siri borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qora sedana Nigella sativa urug‘laridan olingan peptid tabiatli biologik faol moddalarning va ular asosidagi kompozisiyaning o‘ziga xos faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nigella sativa urug‘laridan ajratib olingan Ns-LTP1 oqsil Belorus davlat universiteti Amaliy fizika muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan trikarbotsianinli bo‘yoq komplekslari ishlab chiqishda qo‘llanilgan (A.N.Sevchenko nomilagi Belorus davlat universiteti Amaliy fizika muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 11 noyabrdagi 90-28/59-son ma’lumotnomasi). Natijada, trikarbotsianinli bo‘yoqlarning qo‘llash ko‘lamini kengaytirish va eroziv yallig‘lanish radioterapiyasi uchun makromolekulyar tizimlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Nigella sativa urug‘idan olingan Ns-LTP1 asosida ishlab chiqilgan  kompozisiyaning biologik faolligi bo‘yicha olingan natijalar yarali kolit kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar patogenezini immun mexanizmlarni aniqlashda sitokinlar darjasini o‘lchash usuli Rossiya FA Ural xududiy bo‘limi Fiziologiya va immunologiya instituti tomonidan qo‘llanilgan (Rossiya FA Ural xududiy bo‘limi Fiziologiya va immunologiya institutining 2022 yil 1 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, yarali kolit kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar patogenezini immun mexanizmlarni aniqlash va to‘qimalarda lokal mediatorlar hisoblangan sitokinlar darjasini o‘lchash bo‘yicha tadqiqotlarning boshlanishga asos bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish