Sayt test rejimida ishlamoqda

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Guliston davlat universiteti huzuridagi Oqoltin sanoat texnikumining kutubxonasida 2023 yil 14 aprel` kuni texnikum xodimlari va talaba-yoshlar ishtirokida "Xalq Konstitutsiyasi bilan birga, xalqchil davlat sari" shiori ostida "Referendum va yoshlar" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi vakili, Oliy attestatsiya komissiyasi yuriskonsul`ti M.Masaidova ma’ruza  qilib ishtirokchilarga referendum to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda Konstitusiyaga ta’lim bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlarni to‘liq yoritib berdi va o‘quvchilar tomonidan Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zrartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha savollarga javoblar berdi. Ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish