Sayt test rejimida ishlamoqda

Guliston davlat pedagogika institutining stadionida  2023-yil 8-aprel kuni talaba-yoshlar va o‘qituvchi-murabbiy ishtirokida  “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” bahslarining 3-tur doirasida o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur futbol tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi vakili M.Masaidova ishtirok etib, o‘yin oldidan talabalarga referendum to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda Konstitusiyaga ta’lim bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlarni to‘liq yoritib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha talabalarning  savollarga javob berdi. Ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish