Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari muammolarini o‘rganish va hal etish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tizimda targ‘ib qilish bo‘yicha 2023 yil 6-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida 10 nafar professor-o‘qituvchilar va 190 nafar talaba-yoshlar ishtirokida  “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Quvnoqlar va zukkolar” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi vakili M.Masaidova ma’ruza  qildi.
M. Masaidova o‘zining maruzasida talabalarga referendum to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda Konstitusiyaga ta’lim bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlarni to‘liq yoritib berdi. Shuningdek, ma’ruzachi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurash mavzusidagi fikrlari bilan ham qiziqdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish