Jabborova Marifat Qodiralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish” 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogia fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped514.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Berdieva Muhabbat Melievna, pedagogika qanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari tarbiyachi va bolaning kommunikativ muloqoti natijadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik komponentlarni aniqlashga qaratilgan ilmiy va nazariy bilimlarni qiyosiy tasniflash va tarbiyaviy jarayoninng didaktik tuzilmasini pedagogik mikromuhit talablariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish modeli tarbiyachilarni ijodiy hamkorlikka bosqichma-bosqich tayyorlash, nostandart-amaliy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish hamda o‘zaro ta’sir sub’ektlari munosabatlarning konseptual jihatlarini tahliliy aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlarni o‘quv maqsadlarining mazmuniga proporsional moslashtirish hamda interaktiv muloqot motivlarini mazmunli-funksional faoliyatning konseptual asoslariga frontal uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni nazariy jihatdan to‘plangan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi-natijador pedagogik mikromuhitning funksional-tuzilmaviy mazmunini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari tarbiyachi va bolaning kommunikativ muloqoti natijadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik komponentlarni aniqlashga qaratilgan ilmiy va nazariy bilimlarni qiyosiy tasniflash va tarbiyaviy jarayoninng didaktik tuzilmasini pedagogik mikromuhit talablariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘iga asosan berilgan 388-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayorgarligini takomillashtirishning ilmiy nazariy va tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini tahlil qilish imkoni oshirilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish modeli tarbiyachilarni ijodiy hamkorlikka bosqichma-bosqich tayyorlash, nostandart-amaliy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish hamda o‘zaro ta’sir sub’ektlari munosabatlarning konseptual jihatlarini tahliliy aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘iga asosan berilgan 388-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlarni o‘quv maqsadlarining mazmuniga proporsional moslashtirish hamda interaktiv muloqot motivlarini mazmunli-funksional faoliyatning konseptual asoslariga frontal uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘iga asosan berilgan 388-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayyorlash metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni nazariy jihatdan to‘plangan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi-natijador pedagogik mikromuhitning funksional-tuzilmaviy mazmunini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘iga asosan berilgan 388-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan didaktik ma’lumot ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.