Shofiev Zoir Shoniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida fermer xo‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanishini huquqiy tartibga solish muammolari”, 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu433.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolmo‘minov Jumanazar Toshtemirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Utegenov Ongarboy Dariyaboevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fermer ho‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq qonunchilik va amaliyotdagi muammolarni ilmiy tahlil etgan holda hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tadqiqotchi suv iste’molchilari uyushmalarining asosiy vazifalaridan biri sifatida fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish hamda suv iste’moli bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni belgilash hamda mazkur uyushmalarga umumiy yig‘ilishi tomonidan suv iste’moli rejalari, suv olish limitlari, biznes-rejalarini tasdiqlash vakolatini berishni belgilovchi me’yorlar asoslab berilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanishda izlanuvchining o‘zboshimchalik bilan qurilgan suv olish inshootlari va ochilgan suv olish joylari hamda o‘rnatilgan suv olish qurilmalarini tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining o‘zi tomonidan yoki uning mablag‘i hisobiga amalga oshirilishi mohiyati ochib berilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanishda tadqiqotchi tomonidan suv iste’molchilari uyushmalari sug‘orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash va tiklash, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash tartibi xamda fermer xo‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanishini huquqiy tartibga solishga oid tegishli qonun hujjatlarining ishlash mexanizmi samaradorligini oshirish va xorijiy mamlakatlar tajribasini tadqiq etish asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari asoslantirilib berilgan;
Tadqiqotchining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish, xususan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy qilishda davlat byudjetidan subsidiya olgan talabgorlar suvni tejaydigan sug‘orish tizimidan 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda maqsadli va samarali foydalanishlari lozimligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida fermer xo‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanishini huquqiy tartibga solish muammolari mavzusi yuzasidan olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
fermer xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tadqiqotchi suv iste’molchilari uyushmalarining asosiy vazifalaridan biri sifatida fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish hamda suv iste’moli bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni belgilash hamda mazkur uyushmalarga umumiy yig‘ilishi tomonidan suv iste’moli rejalari, suv olish limitlari, biznes-rejalarini tasdiqlash vakolatini berish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 11 dekabrdagi 982-sonli qarorini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 14 apreldagi 12/21-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlashda suv ite’molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish va suv resurslarining tejamkorligini oshirishga xizmat qilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish xamda qonun buzilishining oldini olish maqsadida, izlanuvchining o‘zboshimchalik bilan qurilgan suv olish inshootlari va ochilgan suv olish joylari hamda o‘rnatilgan suv olish qurilmalarini tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining o‘zi tomonidan yoki uning mablag‘i hisobiga amalga oshirilishi haqidagi taklifilar Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida” nizomining 64-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 14 apreldagi 12/21-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fermer xo‘jaliklari faoliyatida o‘zboshimchalik bilan qurilgan suv olish inshootlari va qurilmalarini tugatish, shu jumladan suv olish qurilmalarini dastlabki holatida saqlash va ta’mirlashga xizmat qilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanishda tadqiqotchi tomonidan suv iste’molchilari uyushmalari sug‘orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash va tiklash, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash haqidagi taklifilar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni etkazib berish bo‘yicha xarajatlarni qoplash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 310-son qaroriga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 14 apreldagi 12/21-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish, xususan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy qilishda davlat byudjetidan subsidiya olgan talabgorlar suvni tejaydigan sug‘orish tizimidan 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda maqsadli va samarali foydalanishlari lozimligini belgilash to‘g‘risidagi takliflar Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 14 apreldagi 12/21-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fermer xo‘jaliklari faoliyatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, mazkur taklif suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish va takomillashtirishga xizmat qilgan.