Primov Farxod Abdijabborovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Yu196.
Ilmiy rahbar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Baxrom Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saidganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Sattarov Abdug‘afur Xamidovich yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ular tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shartligi asoslangan;
davlat boshqaruvidagi axloqiy munosabatlar, davlat xizmatchilarining ishchanlik obro‘siga va nufuziga putur etkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar (harakatsizlik) hamda davlat xizmatchisining xizmatdagi va xizmatdan tashqari vaqtdagi korrupsiyaga qarshi xulq-atvorining asosiy qoidalarini ishlab chiqish asoslangan;
korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi instituti sifatida shakllanayotgan davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va hal qilishning aniq tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o‘tkazilishini ta’minlash lozimligi isbotlangan;
davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan moliyaviy mexanizmlarini yaratish maqsadida davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish hamda sovg‘alar olish va berishning aniq tartibini belgilash lozimligi asoslangan;
davlat xizmatchilari manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerakligi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda o‘zining rahbarini darhol xabardor qilishi shartligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
davlat xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shartligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 30 avgustdagi 04/02-10-162-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil
30-avgustdagi 04/02-10-162-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari tizimida korrupsiyaga qarshi talablarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvida to‘qnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o‘tkazilishini ta’minlash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 30-avgustdagi 04/02-10-162-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil
30-avgustdagi 04/02-10-162-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiyalash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda xizmatga aloqador bo‘lgan shaxslardan qimmatbaho sovg‘a olmasligi hamda xizmat avtotransport vositalaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 28-noyabrdagi 12/21-89-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtdagi xulq-atvoriga nisbatan korrupsiyaga qarshi talablarni belgilashga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilari manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda o‘z rahbarini darhol xabardor qilishi shartligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi
595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 28-noyabrdagi 12/21-89-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi davlat xizmatchilarining xizmat vaqtida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha majburiyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish