Egamberdieva Shaxnoza Abdurashidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birgalikda etishtirilayotgan g‘o‘za va dukkakli ekinlarning ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi va texnologiyasi (Andijon viloyati sharoitida)», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T555.

Ilmiy rahbar: Serikbaev Bakir Serikbaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Raximov Shavkat Xudergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Sabitov Amonullo Ubaydullaevich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida birgalikda etishtirilayotgan g‘o‘za va dukkakli don ekinlarining sug‘orish tartibi va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

birgalikda etishtirilgan g‘o‘za va dukkakli don ekinlarning sug‘orish me’yorini aniqlash usuli bioiqlim xususiyatlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;

birgalikda etishtirilgan g‘o‘za va dukkakli don ekinlarini sug‘orish texnologiyasi usuli egat elementlarining parametrlari (egat uzunligi, nishabligi, eni, egatdagi suv sarfi, sug‘orish vaqti, egatdagi faol qatlamning namlanish miqdori, egatda suvning yurish vaqti va uzunligi) asosida takomillashtirilgan;

uzun berk egatlar orqali o‘zgaruvchan oqim bilan sug‘orish usuli egat ohirida qo‘shimcha prizma shaklidagi namlik hosil qilish asosida faol qatlamning bir tekis namlanish texnologiyasi takomillashtirilgan;

birgalikda g‘o‘za va dukkakli don ekinlarini etishtirishda resurstejamkor meliorativ tadbirlar usuli suvdan samarali foydalanish va tuproqdagi azot va gumus miqdorini 0,11-0,2 foizgacha oshirish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Birgalikda g‘o‘za va dukkakli don ekinlarni etishtirishda sug‘orish tartibi va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

Andijon o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va dukkakli don ekinlarini birgalikda etishtirish texnologiyasi Andijon viloyati Buloqboshi tumani hududidagi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli «Zamirabonu sahovati», «To‘xtasin mevasi», «Ergash raxmon erlari» va «Zoirjon Nizomov» fermer xo‘jaliklarida tadqiqotning ilmiy ishlanmalari joriy qilingan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 02/29-84-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida paxta hosilini gektariga 2,2 sentner ko‘pashtirishga, bir gektar g‘o‘za dalasidan qo‘shimcha (paxta hosiliga) 16,5 sentner dukkakli don hosili va 36 sentner em-hashak olish imkoni yaratilgan;

g‘o‘za va dukkakli don ekinlarni birgalikda etishtirish orqali erlarning meliorativ holatini yaxshilash Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspedisiyasida joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 02/29-84-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida sug‘oriladigan maydonlarning faol tuproq qatlamidagi gumus va azot miqdorlarini oshirish orqali tuproqning bonitet balini 7-9 foizgacha oshirish imkonini bergan;

birgalikda g‘o‘za va dukkakli don ekinlarini etishtirishda, egatlarning uzunligi, suv sarfi, sug‘orish vaqti, egat suvlarining ma’lum vaqtda oqib o‘tish uzunligi, gidravlik elementlari va faol qatlamning namlanish tekisligini ta’minlash texnologiyalari Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 02/29-84-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gektaridan vegetatsiya davrida 800 kub metr suv tejash, uzun egatlarda o‘zgaruvchan oqim texnologiyasi asosida egatlarning foydali ish koeffisentini 0,95-0,97%gacha, suvdan foydalanish koeffisentini 0,96-0,98%gacha, sug‘oriladigan maydonlardan foydalanish koeffisentini 0,91-0,92%gacha ko‘tarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish