Eshmatov Fozil Xidirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anor sharbati kislotaliligini rostlash va xiralik ko‘rsatkichini pasaytirish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari» (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T237.

Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedova Zahro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kislotaliligi me’yorlashtirilgan hamda xiralik ko‘rsatkichi pasaytirilgan anor sharbati va konsentrati ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

anionalmashinish usulda adsorbsiyalash va fermentlash jarayonini kiri-tish hisobiga anor sharbati xiralik ko‘rsatkichini kamaytirish aniqlanilgan;

anor sharbatining umumiy va faol kislotaliligini anionalmashinish jarayonini qo‘llab, rostlash yo‘li bilan me’yorlashtirish usuli ishlab chiqilgan;

anor po‘stlog‘i va ichki pardasi tarkibidan uning sharbatiga ekstraksiyalanib o‘tgan tanninni fermentlab parchalash usuli yaratilgan;

mahalliy anor mevalari asosida sharbat va konsentrat olish texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Anor sharbati kislotaliligini rostlash va xiralik ko‘rsatkichini pasaytirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

anor sharbati tarkibidagi organik kislotalarni anionalmashinish usulda qisman yo‘qotilishi asosida sharbat kislotaliligini rostlash takomillashtirilgan texnologiyasi «Supreme servis» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2017 yil 16 noyabrdagi AS/05-2-3491-son ma’lumotnomasi). Natijada sharbat va konsentrat sifati yaxshilangan va ishlab chiqarish samaradorligini 18% ga oshirish imkonini bergan;

anor sharbati ishlab chiqarish liniyasida xiralik ko‘rsatkichini kamaytirish jarayoni «SAYOHAT AGRO MAHSULOT» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2017 yil 16 noyabrdagi AS/05-2-3491-son ma’lumotnomasi). Natijada NTU ko‘rsatkichi kerakli chegaragacha kamaytirilgan anor sharbati ishlab chiqarishga erishilgan, samaradorlik 20% oshishiga imkon bergan;

sifat ko‘rsatkichlari samarali yaxshilangan anor sharbati va konsentrati olish texnologiyasi «GREEN WORLD» qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2017 yil 16 noyabrdagi AS/05-2-3491-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor mahsulot eksportga yo‘naltirilgan, ishlab chiqarish samaradorligini 23% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish