Eshpulatov Inoyat Saparovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farobiy, Ibn Sino va Imom G‘azzoliylarning “Komil inson” ta’limoti (konsepsiyasi)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal674.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Xandamova Ma’rifat Akramovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farobiy, Ibn Sino va Imom G‘azzoliy ma’naviy-axloqiy qarashlarining komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farobiyning “fozil odamlar shahri” konsepsiyasida inson uchun o‘z davrining ruhiyatiga mos keladigan gumanistik qarashlar tizimini ishlab chiqilganligi, inson tabiatini, uning hayot mazmunini, olamdagi o‘rnini, jamiyatdagi rolini ko‘rib chiqish chegaralari kengaytirilganlii, insonning intellektual rivojlanish darajasini ham tug‘ma, ham orttirilgan shaxsiy fazilatlar bilan bog‘lagan holda har bir insonning o‘ziga xosligi va mustaqil qadriyatini e’tirof etilgani asoslab berilgan;
Ibn Sino qarashlarida shaxs axloqiy kamolotida inson o‘z nuqson va kamchiliklarini aniqlashi, kamtarlik, jasorat, shahvat, g‘azabni tarbiyalash va nifoqni engish kabi ruhiy quvvatga bog‘liq bo‘lgan axloqiy fazilatlarga donishmandlik asosida erishish va ijtimoiy adolatni qaror toptirish tamoyillari muhim asos ekanligi isbotlangan;
Imom G‘azzoliyning “komil inson” loyihasida sog‘lom islomga asoslanish, shariatni inqiroz va bo‘hrondan olib chiqish, nisbiy barqarorlik, sobitlik, qayishqoqlik, ijtimoiy, siyosiy-mafkuraviy bardoshlilik kabi tamoyillar asosida islom madaniyati, sivilizatsiyasi, ilm-fani va falsafasini rivojlantirish hamda mujohada, muroqaba, yaqiyn, shikasta-nafslik, pok qalb, basirat va fahm-idrok kabi komil inson fazilatlari muhim rol o‘ynagani ochib berilgan;
Farobiy, Ibn Sino va Imom G‘azzoliyning komil inson haqidagi ta’limotlarida ilgari surilgan ilm-fan, falsafa, yangi ilmiy dunyoqarash g‘oyalari, ratsionallik va insonparvarlik tamoyillari, ijodkor-yaratuvchi, faol inson kabi ijtimoiy fazilatlar zamonaviy barkamol shaxsning inson oliy qadriyat, mas’uliyatni anglash, va ma’rifiy jamiyatni shakllantirishga uyg‘un ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Forobiy, Ibn Sino va Imom G‘azzoliy ta’limotlarida komil inson konsepsiyalarinin tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farobiyning “fozil odamlar shahri” konsepsiyasida inson uchun o‘z davrining ruhiyatiga mos keladigan gumanistik qarashlar tizimini ishlab chiqilganligi, inson tabiatini, uning hayot mazmunini, olamdagi o‘rnini, jamiyatdagi rolini ko‘rib chiqish chegaralari kengaytirilganlii, insonning intellektual rivojlanish darajasini ham tug‘ma, ham orttirilgan shaxsiy fazilatlar bilan bog‘lagan holda har bir insonning o‘ziga xosligi va mustaqil qadriyatini e’tirof etilganligiga doir xulosalar va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil yanvar-fevral oylarida efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 20 fevraldagi 01-02-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishga, mafkuraviy immunitetini oshirishga, islom dini va falsafasi to‘g‘risida, islom dini niqobi ostidagi buzg‘unchi oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasidagi ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilgan;
Ibn Sino qarashlarida shaxs axloqiy kamolotida inson o‘z nuqson va kamchiliklarini aniqlashi, kamtarlik, jasorat, shahvat, g‘azabni tarbiyalash va nifoqni engish kabi ruhiy quvvatga bog‘liq bo‘lgan axloqiy fazilatlarga donishmandlik asosida erishish va ijtimoiy adolatni qaror toptirish tamoyillari muhim asos ekanligiga doir umumlashmalar va taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat marazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishda belgilangan “G‘oya va mavkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti”ning 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va badiiy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 14 martdagi 113-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida milliy va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish, ilm olishga intilishni rag‘batlantirish va undash, axloqiy tarbiyani rivojlantirish hamda tajovuzkor radikal g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qilgan;
Imom G‘azzoliyning “komil inson” loyihasida sog‘lom islomga asoslanish, shariatni inqiroz va bo‘hrondan olib chiqish, nisbiy barqarorlik, sobitlik, qayishqoqlik, ijtimoiy, siyosiy-mafkuraviy bardoshlilik kabi tamoyillar asosida islom madaniyati, sivilizatsiyasi, ilm-fani va falsafasini rivojlantirish hamda mujohada, muroqaba, yaqiyn, shikasta-nafslik, pok qalb, basirat va fahm-idrok kabi komil inson fazilatlari muhim rol o‘ynaganiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarida, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2023 yil 2 martdagi 08-17/189-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirishga, milliylik va diniylik o‘rtasidagi uyg‘unlik mohiyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Farobiy, Ibn Sino va Imom G‘azzoliyning komil inson haqidagi ta’limotlarida ilgari surilgan ilm-fan, falsafa, yangi ilmiy dunyoqarash g‘oyalari, ratsionallik va insonparvarlik tamoyillari, ijodkor-yaratuvchi, faol inson kabi ijtimoiy fazilatlar zamonaviy barkamol shaxsning inson oliy qadriyat, mas’uliyatni anglash, va ma’rifiy jamiyatni shakllantirishga uyg‘un ekanligiga doir ilmiy yangilik, nazariy umumlashma va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 13 martdagi 04/11-1373-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ajdodlar ma’naviy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga hamda falsafa tarixiga oid darsliklarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.