Ismailov Oybek Yuliboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuq uglevodorod oqimlarining gidrodinamik rejimlarini quvurli qurilmalarda qizdirish jarayoni samaradorligiga ta’siri», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T161.
Ilmiy rahbar: Salimov Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O’ZLITINEFTEGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gorizontal issiqlik almashgich quvurlarida harakatlanayotgan neft va gaz kondensati aralashmalari oqimi tezligining optimal chegaralarini aniqlash va gidrodinamik rejimlar asosida qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvurli qurilmalarda neftegazokondensat aralashmalari oqimining gidrodinamik rejimlarini qovushqoq chegaraviy qatlam qalinligi, issiqlik almashinish samaradorligi va energiya sarfini kamaytirishga ta’siri aniqlangan;
20÷250 oS haroratlar oralig‘ida neft, gaz kondensati va ularning aralashmalarini fizik va issiqlik-fizik xossalari hamda suyuq uglevodorod oqimlari harakati paytida gorizontal quvurning gidravlik qarshiligini aniqlash uchun nomogrammalar ishlab chiqilgan;
ishchi aralashmadagi neft` va gaz kondensati nisbatlarini quvurli issiqlik almashgichlar va ularga tutashuvchi quvurlardagi jarayon gidrodinamikasiga ta’siri aniqlangan;
uzatilayotgan neftegazokondensat aralashmasi oqimining bir qismini resirkulyasiya qilinishi issiqlik almashinish qurilmasidan chiqayotgan xomashyo haroratini qo‘shimcha tarzda ko‘tarilishi aniqlangan;
quvurli qurilmalardagi neftegazokondensat oqimi gidrodinamik rejimlarining optimallashtirish asosida suyuq uglevodorodlarga issiqlik ishlovi berish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suyuq uglevodorod oqimlari gidrodinamik rejimlarining quvurli qurilmalarda qizdirish jarayoni samaradorligiga ta’siri o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
issiqlik almashinish qurilmalari va ularga tutashuvchi quvurlarda harakatlanayotgan neftegaz kondensat xomashyosi oqimlarining optimal gidrodinamik sharoitlari «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» unitar korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 6 dekabridagi 01/12-2-189-son ma’lumotnomasi). Natijada qizdirilayotgan uglevodorod xomashyosining harorati qo‘shimcha tarzda 12–14 oSga ko‘tarish imkonini bergan;
gazoylni gidrotozalash qurilmasining texnologik reglamenti «O‘zbekneftegaz» MXK tarmoq standarti 6.3.1 bandiga asosan (TSt39/0-014:2007) «Buxorno NQZ» unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (TR 16472899-003:2010). Natijada gazoyl fraksiyasini sifatini yaxshilash va energetik sarflarning kamaytirish imkonini bergan;
quvurli qurilmada uglevodorod aralashmalari oqimini qizdirish jarayonining aniqlangan optimal tezliklari (0,6÷0,64 m/s) «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» unitar korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 14 apreldagi 20/11-266-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik almashinish qurilmalarida dashqol hosil bo‘lish jarayoni 3 marotaba kamayishi va issiqlik o‘tkazish koeffisienti 5,5 marotaba ortish imkonini bergan.