Erkabaev Furqat Il`yasovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sr(VI) tutgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T148.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori; Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshiddinov Isroil Tursunovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ekologik havfsiz, noan’anaviy organik qaytaruvchi-yog‘och qipig‘i yordamida Cr(VI) tutgan sanoat chiqindilarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindi xromat eritmalarda Cr(VI) ionlarining Cr(III) gacha sellyuloza yordamida qaytarilishi kuchli kislotali muhitda yog‘och tarkibidagi sellyulozaning kimyoviy modifikatsiyalanishi natijasida ochiq zanjirli makromolekulalari hosil bo‘lishi hisobiga borishi aniqlangan;
kuchli kislotali sharoitda sellyuloza strukturasida kam uchraydigan al`degid guruhlari sonining ko‘payishi natijasida uning qaytarish xususiyati yanada kuchayishi aniqlangan;
qaytarilish jarayonida mahsulotning (Cr2O3) chiqimi jarayonda qatnashadigan xrom (VI) ionlari, qaytaruvchi va sul`fat kislotaning nisbatlariga bog‘liq bo‘lib, u 1:1:1,6 ekanligi isbotlangan;
qaytarilish jarayoni samaradorligining muhit rN, xarorati, reaksiyada qatnashadigan xrom (VI) ionlari, qaytaruvchi va sul`fat kislotaning miqdorlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan.
qayta ishlanadigan chiqindi xromat eritmalarni kal`siy sul`fat va temir (III) gidroksidlardan tozalash jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;
o‘ta zaharli chiqindi xromat eritmalarini qayta ishlab, metall oksidlarini ajratib olishning chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘ta zaharli chiqindi xromat eritmalarni qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan o‘ta zaharli xrom Cr(VI) tutgan sanoat chiqindilarini kompleks qayta ishlash texnologiyasi «METFURSERVIS» MChJ ishlab chiqarish korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 11 yanvardagi 03-03/2-36-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘ta zaharli chiqindi xromat eritmalar to‘liq qayta ishlanib, tovar mahsulotlarini olish imkonini bergan;
olingan xrom(III) oksidi asosida abraziv material tayyorlangan va furnitura hamda metallarni qayta ishlaydigan «NISHON-N» MChJ korxonasida furnitura buyumlarini sayqallashda amaliyotga joriy qilingan («O‘ZQURILIShMATERIALLARI» AJning 2017 yil 28 dekabrdagi BB-01/03/5142-son ma’lumotnomasi). Natijada abraziv materiallarni mahalliy xomashyolardan tayyorlash va valyuta zaxiralarini tejash imkonini bergan;
olingan xrom pigmentini «ART GLOSS GALLERY» MChJ qo‘shma korxonasida keramik plitkalar uchun rangli glazurlar tayyorlashda amaliyotga joriy qilingan («O‘ZQURILIShMATERIALLARI» AJning 2017 yil 28 dekabrdagi BB-01/03/5142-son ma’lumotnomasi). Natijada rangli glazurlar tayyorlash tannarxini 20 %ga arzonlashtirish imkonini bergan.