Muratov Abobakr Xolikberdievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish ob’ektlariga sochiluvchan yuklarni tashish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2540.
Ilmiy rahbar: Kuziev Abdimurod Urokovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Juraev Muxiddin Nortojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish ob’ektlariga sochiluvchan qurilish yuklarini tashish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zanjirli almashtirish va korrelyasiya-regressiya tahlil usulidan foydalanib avtomobil transporti vositalarining ish unumdorligiga texnik-ekspluatatsion ko‘rsatgichlarning o‘zgarish qonuniyatlari grafoanalitik usulda aniqlangan;
yuklash vositasi va avtomobillar sonini aniqlash modeli yuk hajmi, marshrutlar parametrlari, avtomobilning siklda aylanish vaqtini inobatga olib takomillashtirilgan;
soatli grafik asosida ratsional marshrutlarni tuzish orqali avtomobil va yuklash vositalarining bandlik darajasini va xizmat samaradorligini oshirish uslubi ishlab chiqilgan;
avtomobil transporti vositalari bilan ularga xizmat ko‘rsatuvchi yuk jo‘natuvchi punktlarining adekvat faoliyatini ta’minlovchi modellashtirish algoritmi tashilayotgan yuklarning zichligini inobatga olinishi hisobiga takomillashtirilgan va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish ob’ektlariga sochiluvchan yuklarni tashish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobil transporti vositalarida sochiluvchan qurilish yuklarini tashishni tashkil etishning samarali texnologiyasi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 16-fevraldagi №2/833-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy aylanish vaqti 25%ga kamaydi va ekspluatatsion tezlik 3 km/soatga oshdi, avtomobil transporti vositalarining kunlik tashish hajmi 23,8%ga oshishiga erishilgan;
avtomobil transporti vositalariga xizmat ko‘rsatish jarayonini modellashtirish va boshqarish, yalpi xizmat ko‘rsatish nazariyasi uslublari va yondashuvlari asosida sochiluvchan qurilish yuklarini tashish texnologiyasi va algoritmi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 16-fevraldagi №2/833-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iste’molchilarning tashishga bo‘lgan ehtiyoji (6045 tonna) o‘zgarmagan holda, qurilish ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish uchun avtomobil transporti vositalarining soniga bo‘lgan talab 95 tadan 67 taga, ya’ni 29%ga, kamayishiga erishilgan;
avtomobil transporti vositalari hamda yuklash vositalarining ish ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish masalasining Python tilida dasturiy ta’minoti “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 16-fevraldagi №2/833-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil transporti va yuklash vositalarining ish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish (kutishlardagi va foydalanilmay qolgan vaqtlar) hisobiga yuk tashish xarajatlarini 28393,5 so‘m/tonnadan 20334 so‘m/tonnagacha, ya’ni 28%ga tejash imkonini bergan.