Sayt test rejimida ishlamoqda

Siddiqov Doniyorjon Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Geranium saxatile, G. charlesii va G. collinum ning fenol birikmalari», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K44.
Ilmiy rahbar: Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori; Karimov Abdurashid Musaxonovich, kimyo fanlari doktori (DSc).
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida o‘suvchi Geranium saxatile, G. charlesii va G. collinum o‘simliklarida hosil bo‘ladigan fenol birikmalarini tadqiq qilish, ularning kimyoviy tuzilishi va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Geranium saxatile, Geranium charlesii va Geranium collinum o‘simlik turlaridan siklogeksangeksaol, uch atomli fenol, izokumarin, 5 ta fenol karbon kislotalar, 17 ta flavonoidlar, 2 ta ksanton va 2 ta butirolaktonlar ajratib olingan;
birinchi marotaba spektral usullar va RTT yordamida yangi butirolaktonning fazoviy tuzilish (3S-8-gidroksifenil-4S-(2’’R,3’’S)-2,3,4-trigidroksibutanoil-4S,7’S-propionat-4,7’,4’-gidroksifenil-3,4-γ-butirolakton) aniqlangan va bu birikma charlezolid deb nomlangan;
ilk bor RTT usuli yordamida (3S,4R,5S,6R,7S)-3-n-gidroksifenil-5,6,7-trigidroksioksolan-1,4-olid tuzilishiga ega butirolakton savaraninning barcha xiral markazlarini konfigurasiyasi aniqlangan;
olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk bor Geranium L. turkum o‘simliklari fenol birikmalari sinfiga mansub ikki guruh, xususan ksantonlar va butirolaktonlar biosintez qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geranium saxatile, Geranium charlesii va Geranium collinum o‘simliklarining fenol birikmalarini tadqiq qilish asosida:
teridagi depigmentasiya kasalligini davolash uchun vositani olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 07102, 2022 y.). Natijada mahalliy xom ashyodan dori vositasi yaratish imkonini bergan;
ajratilgan ikkita butirolaktonlarning, savaranin va charlezolidning RTT ma’lumotlari Buyuk Britaniyaning xalqaro tuzilmaviy ma’lumotlar bazasida (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/structures/) ro‘yxatga olingan hamda ularga SSDC GARLOE/1895013, URUYoY/2020721 raqamlari berilgan. Bu elektron dasturiy ta’minot yordamida ma’lumotlar bazasiga kiritilgan o‘xshash birikmalarning fazoviy tuzilishlarini va ularning potensial farmakologik faolligini aniqlash imkonini bergan;
dissertasiya tadqiqotining ma’lumotlari “Metabolik sindrom buzilishlarini farmakologik tuzatish uchun tabiiy terpenoidlar, alkaloidlar va fenol birikmalar asosida beshta dolzarb dori vositalarini yaratish” (2012-2014 yy.) va “Mahalliy izoprenoidlar va polifenollar asosida radioprotektiv vositalarni yaratish” (2015-2017 yy.) loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 22 noyabrdagi 4/1255-3264-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish