Maqsudov Bunyodjon Abdusamat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining muammoli aktivlarini qisqartirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2769
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Odil Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli aktivlar hajmini qisqartirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining qoniqarsiz va shubhali sifatida tasniflangan aktivlarini balans qiymatidan 10-15 foiz past darajada undirish orqali muammoli aktivlarni qisqartirish taklif etilgan;
muddati 3 yil va undan ortiq muddatdan buyon undirilmay kelinayotgan kreditlar bo‘yicha bank balansiga olingan garovni asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi summasini qoplash narxlarida sotish taklif etilgan;
bank balansida 2 yildan ortiq muddatda foydalanmasdan turgan ko‘chmas mulklarni balans qoldiq qiymatida sotish orqali muammoli aktivlarni 5 foizgacha qisqartirish asoslangan;
tijorat banklari aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ulushini 10 foizga oshirish asosida muammoli aktivlar salmog‘ini 5 foizga qisqartirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining muammoli aktivlari hajmini qisqartirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining qoniqarsiz va shubhali sifatida tasniflangan aktivlarini balans qiymatidan 10-15 foiz past darajada undirish orqali muammoli aktivlarni qisqartirish taklifi «Ipoteka-bank» ATIBning boshqaruv kengashi qarori bilan 2022 yildagi kredit siyosatida foydlanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2023 yil 7 fevraldagi 17-1/1415-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning muammoli kreditlari hajmini 2023 yil 10 yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 15 foizga kamaytirish imkoniyatini bergan;
muddati 3 yil va undan ortiq muddatdan buyon undirilmay kelinayotgan kreditlar bo‘yicha bank balansiga olingan garovni asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi summasini qoplash narxlarida sotish taklifi «Ipoteka-bank» ATIBning 2022 yildagi kredit siyosatida o‘z aksini topgan («Ipoteka-bank» ATIB ning 2023 yil 7 fevraldagi 17-1/1415-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning muammoli aktivlari hajmini 2023 yil 10 yanvar holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10 foizga qisqartirishga erishilgan;
bank balansida 2 yildan ortiq muddatda foydalanmasdan turgan ko‘chmas mulklarni balans qoldiq qiymatida sotish orqali muammoli aktivlarni 5 foizgacha qisqartirish taklifi «Ipoteka-bank» ATIBning boshqaruv kengashi qarori bilan 2022 yildagi kredit siyosatida o‘z aksini topgan («Ipoteka-bank» ATIB ning 2023 yil 7 fevraldagi 17-1/1415-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, bankning muammoli aktivlarini 2023 yil 10 yanvar holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10 foizga qisqartirish imkoniyatini bergan;
tijorat banklari aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ulushini 10 foizga oshirish asosida muammoli aktivlar salmog‘ini 5 foizga qisqartirish taklifi «Ipoteka-bank» ATIBning boshqaruv kengashi qarori bilan 2022 yildagi kredit siyosatida foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIB ning 2023 yil 7 fevraldagi 17-1/1415-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning muammoli aktivlarning hajmi 2023 yil 10 yanvar holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 5 foizga qisqartirishga erishilgan.