Ruzmetov Davron Ibrogimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Kichik biznes subektlarini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ekonometrik modellari (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.PhD/Iqt2938.
Ilmiy rahbar: Bayxanov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzanov Berdak Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subektlarini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilish, uning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda uni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy-ekonometrik modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiya (Y_AKI=(〖X_1〗^3.35*X_2^0.98*X_3^0.36*X_4^0.81)/e^34.55614 ), kichik biznes subektlariga o‘zlashtirilgan xorijiy investisiyalar (Y_X=(〖X_1〗^3.35*X_2^0.98*X_3^0.36*X_4^0.81)/e^26.84367 ) va to‘gʻridan-to‘gʻri xorijiy investisiya hajmining o‘zgarishini (Y_t=(〖X_1〗^0.5*X_2^1.1*X_3^0.94)/(X_4^0.3*e^13.4472 )) ifoda etuvchi adekvat modellari taklif etilgan;
kichik biznes subektlarida investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadida kichik biznes subektlarida investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning institutsional va tashkiliy modeli taklif etilgan;
kichik biznes subektlariga xorijiy investisiyalarni jalb qilishda investisiyalarning integral bahosini olishga imkon beruvchi baholash usuli taklif etilib, hududiy investisiya xavfsizligi holatining ko‘rsatkichlari va chegara (17,5<A≤35; 3,5<Iaf≤6; 9,5<I+YIM≤20; 4,5<TTXIYIM↑≤10; 20<AKITTXIU<30) qiymatlari taklif etilgan;
Xorazm viloyatida kichik biznes subektlarini rivojlantirishga investisiyalarni jalb qilishning 2023-2028-yillarga mo‘jallangan ko‘p omilli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati kichik biznes subektlarini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
Xorazm viloyati asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiya (Y_AKI=(〖X_1〗^3.35*X_2^0.98*X_3^0.36*X_4^0.81)/e^34.55614 ), kichik biznes subektlariga o‘zlashtirilgan xorijiy investisiyalar (Y_X=(〖X_1〗^3.35*X_2^0.98*X_3^0.36*X_4^0.81)/e^26.84367 ) va to‘gʻridan-to‘gʻri xorijiy investisiya hajmining o‘zgarishini (Y_t=(〖X_1〗^0.5*X_2^1.1*X_3^0.94)/(X_4^0.3*e^13.4472 )) ifoda etuvchi adekvat modellarning natijalari bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 06-apreldagi  “Qo‘shko‘pir, Xiva, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 113-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi №04-10/2651-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi Xorazm viloyati asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmining o‘zgarishiga taʼsir etuvchi omillarni 1,0 foizga oshirish hisobidan 76,1 mlrd.so‘mga, xorijiy investisiya hajmi 30,6 mlrd.so‘mga va to‘gʻridan-to‘gʻri xorijiy investisiya hajmi 5,2 mlrd.so‘mga qo‘shimcha oshishiga erishildi;
kichik biznes subektlarida investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida takomillashtirilgan kichik biznes subektlarida investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning institutsional-tashkiliy modeli bo‘yicha berilgan ilmiy takliflari Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 06-apreldagi  “Qo‘shko‘pir, Xiva, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 113-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi №04-10/2651-son maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subektlarida investisiyadan foydalanish samaradorligi qo‘shimcha 11,3 foiz oshishiga imkoniyat yaratdi;
kichik biznes subektlariga xorijiy investisiyalarni jalb qilishda investisiyalarning integral bahosini olishga imkon beruvchi baholash usuli taklif etilib, hududiy investisiya xavfsizligi holatining ko‘rsatkichlari va chegara (17,5<A≤35; 3,5<Iaf≤6; 9,5<I+YIM≤20; 4,5<TTXIYIM↑≤10; 20<AKITTXIU<30) qiymatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalari Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 06-apreldagi  “Qo‘shko‘pir, Xiva, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 113-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi №04-10/2651-son maʼlumotnomasi). Bu ilmiy taklif asosida Xorazm viloyati tumanlari uchun "Korxonalarning operatsion faoliyati rentabelligi” ko‘rsatkichining o‘rtacha ogʻirlikdagi chegaraviy qiymati kamida 3% bo‘lishi aniqlandi.
Xorazm viloyatida kichik biznes subektlarini rivojlantirishga investisiyalarni jalb qilishning 2023-2028-yillarga mo‘jallangan ko‘p omilli prognozi natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalari Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 06-apreldagi  “Qo‘shko‘pir, Xiva, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 113-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi №04-10/2651-son maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijalaridan “Xorazm viloyatini 2022-2026-yillarda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish” konsepsiyasini iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida keltirilgan xorijiy investisiyalarni jalb qilish rejasini tuzishda foydalanilgan.

 


 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish