Sayt test rejimida ishlamoqda

Ibragimova Mavluda Ro‘zmetovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qator metall nikotinatlarining turli amidli koordinatsion birikmalarini sintez va tahlil qilish», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K51.

Ilmiy rahbar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qator metallar nikotinatlarining ayrim amidlar bilan koordinatsion birikmalarini sintez qilishdan hamda olingan birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Mg, Ca, Mn(II), So (II),Ni (II), Cu (II) va Zn nikotinatlarining atsetamid, karbamid, tiokarbamid, nikotinamid bilan 48 ta yangi aralashamidli koordinatsion birikmalari sintez qilingan, olingan kompleks birikmalarning tarkibi va individualligi aniqlangan;

yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari kompleks hosil qiluvchining tabiatiga, organik ligandlarning koordinatsiyalanish usuliga bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor Mn(II), So (II),Ni (II), Cu (II) kompleks birikmalarning geometrik konfiguratsiyasi buzilgan oktaedr shaklida bo‘lishi isbotlangan;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stiruvchi va hosildorlikni oshiruvchi samarali stimulyatorlar yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Makro va mikrometallar nikotinatlarining koordinatsion birikmalarini sintez va tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

SaH·K·TK stimulyatorining biologik faolligi Samarqand seleksiya, urug‘chilik va paxta etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 apreldagi 02/23-1256-son ma’lumotnomasi).  Natijada stimulyatori SaH·K·TK bilan ishlov berilgan chigitning unib chiqishi muddati 3–5 kunga, paxtaning ochilish muddati 7–10 kunga  qisqargan va hosildorlik 20–30 % oshish imkonini bergan;

yangi sintez qilingan stimulyatorning biologik faolligi Samarqand seleksiya, urug‘chilik va paxta etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 apreldagi 02/23-1256-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtaning sifatini va hosildorligini 1,2 barobar oshirish imkonini bergan;

sintez qilingan koordinatsion birikmalardan OT-F7-48 raqamli «Polimer materiallar sirtiga immobilangan metallar nanozarrachalarining fazaviy o‘zgarishlari mexanizmini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihasida reagent sifatida og‘ir metall ionlarini analiz qilishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 18 oktyabrdagi FTA-02-11/908-son ma’lumotnomasi). Kompleks birikmalarni tolali polimer materiallarga immobillash orqali atrof-muhit ob’ektlaridagi og‘ir, zaharli metallarni sorbsion spektroskopik aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish