Yakubov Inom Daniyarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Separator-tozalagich qurilmasining qoziqli barabani konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3575
Ilmiy rahbar: Maksudov Ravshan Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Olimjon Sharipjonovich, texnika fanlari doktori, professor (05.06.02), Mo‘minov Mansurbek Rahimovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) katta ilmiy xodim (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalash samarasini oshirish uchun separator-tozalagichning qoziqli barabanlarning konstruktiv parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan havo transport tizimida samarali tozalash jarayonini ta’minlovchi takomillashtirilgan separator-tozalagichga qoziqli-plankali baraban o‘rnatish orqali konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
har bir seksiyadagi iflos aralashmalarining massasi va ularning tozalash zonasiga kiradigan massaning har xil qiymatlaridagi umumiy miqdorini Eyler tenglamasi orqali hisoblash formulasi aniqlangan;
separator-tozalagichni plankali barabandagi paxta bo‘laklaridan ajralib chiqadigan iflosliklar A.G. Sevostyanov modeli orqali mayda iflosliklarni ajralishi natijasida tola massasining kamayishi hisobiga paxta tezligi va massasinining turli xil qiymatlardagi harakat tenglamalari ishlab chiqilgan;
separator-tozalagichining takomillashtirilgan ishchi organli mashinasini konstruktiv parametrlari va texnologik ish rejimlari tozalash barabaniga o‘rnatilgan plankalarning o‘qqa nisbatan turish burchagi, planka uchi bilan to‘rli yuza oraliq masofasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan separator-tozalagich Jizzax viloyati Paxtakor tumani "Silverleafe" MChJ QK klasterining paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 02/22-341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada havo transport tizimida paxtani tozalash uchun o‘rnatilgan separator-tozalagichning takomillashtirilgan namunasining I-sanoat navli qo‘l terimi paxtalarini tozalashda 7,9 % ga yuqori, II-sanoat navli mashina terimi paxtalarni tozalashda 9,6 % ga yuqori bo‘lishga, nuqson va iflos aralashmalar miqdori 1.1-1.2% ga kamayishi hisobiga, qayta ishlangan paxtadan olingan tola sifatining yaxshilanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish