Yuldashev Botirali Toshbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt 1120.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abduraxim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimov Bahodir Botirovich, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- Milliy tadqiqot universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditini samarali tashkil etish va ularning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar bo‘yicha bilvosita xarajatlarni tegishli koeffisientlarni tatbiq etgan holda taqsimlashning afzalligi va tartibi asoslangan;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda 262.1-1-“Qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari xarajatlari”, 262.2-1-“Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari realizatsiyasi (sotilishi)”, 262.3-1-“To‘lov qilinishi kerak bo‘lgan ta’lim xizmatlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”, 251-1-“O‘quv muassasalarida ta’lim olish uchun badallar”, 252-1-“Ta’lim olish uchun hisob-kitoblar” subschyotlarini qo‘llash asosida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini takomillashtirish taklifi asoslangan;
byudjet tashkilotlarida ilk marta ichki audit tizimiga alohida maqom berish orqali mustaqil ichki audit bo‘limini tashkil etish va tartibga solish, muassasalar tarkibiy tuzilmasini qayta tuzish orqali ichki audit samaradorligini oshirish asoslangan;
ichki audit bo‘limi faoliyatiga oid “Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomni ishlab chiqish asosida ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditini samarali tashkil etish va ularning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
byudjet tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar bo‘yicha bilvosita xarajatlarni tegishli koeffisientlarni tatbiq etgan holda taqsimlashning afzalligi va tartibidan  foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” Qarorida belgilangan “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 10 martdagi 04/21-03-32/278-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar ishlab topish turlari va manbalarini kengaytirishni xorijiy tajribalar asosida joriy qilish yuzasidan tavsiyalar berilishida hamda OTMlarning ustav faoliyatlarini belgilab olishiga xizmat qilgan;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda 262.1-1-“Qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari xarajatlari”, 262.2-1-“Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari realizatsiyasi (sotilishi)”, 262.3-1-“To‘lov qilinishi kerak bo‘lgan ta’lim xizmatlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”, 251-1-“O‘quv muassasalarida ta’lim olish uchun badallar”, 252-1-“Ta’lim olish uchun hisob-kitoblar” subschyotlarini qo‘llash asosida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son qaroriga 2-ilova - “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi”ning “Byudjetning samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish” nomli 3-bobi va “Byudjet ustuvorligini ta’minlash” nomli 10-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 10 martagi 04/21-03-32/278-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif byudjetdan tashqari mablag‘lar ustidan nazoratni kuchaytirish va muassasaning barcha mablag‘larini umumlashtirish tendensiyasini hisobga olgan holda tadbirkorlik faoliyatidan olingan foyda hisobidan qilingan xarajatlarni aks ettirishning taklif etilgan varianti balansni farqlovchi belgilarsiz tuzishga o‘tishning oraliq bosqichi bo‘lib xizmat qilib, byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yuritishga oid amaldagi qonunchilik va me’yorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilgan;
byudjet tashkilotlarida ilk marta ichki audit tizimiga alohida maqom berish orqali mustaqil ichki audit bo‘limini tashkil etish va tartibga solish, muassasalar tarkibiy tuzilmasini qayta tuzish orqali ichki audit samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son qaroriga 2-ilova “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi”ning “Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish” nomli 16-bobida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan reja va tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 10 martdagi 04/21-03-32/278-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida byudjet muassasalarida xalqaro tajribalar asosida ichki audit tizimiga alohida maqom berish va ichki audit bo‘limini alohida tashkil etish, uni tartibga solish, oliy ta’lim muassasalari tarkibiy tuzilmasini qayta tuzish, operativ boshqaruv qarorlarini qabul qilishida ichki auditning o‘rni va ahamiyati, boshqaruv va yuqori tashkilot nazorati hamda Vasiylik kengashi faoliyatlari belgilab berilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
ichki audit bo‘limi faoliyatiga oid “Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomni ishlab chiqish asosida ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 10 martdagi 04/21-03-32/278-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida byudjet muassasalarida ichki audit xizmati mustaqilligini ta’minlash, ichki audit bo‘limining xarajatlari tarkibi va uni samarali moliyalashtirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha ichki audit o‘tkazishni ishlab chiqilgan ichki me’yoriy xujjatlar bilan tashkiliy-xuquqiy tomondan tartibga solish belgilab berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish