Nazarova Charos Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining chakana kreditlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2443
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan Utkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yoʼnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining chakana kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun chakana kredit bo‘yicha oylik to‘lovlar miqdori yakka tartibdagi tadbirkorning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga keladigan o‘rtacha oylik tushumlar umumiy hajmining 10 foizdan oshmasligidan kelib chiqib hisoblash taklif etilgan;
chakana kredit mahsulotini ajratish ma’qullash yoki rad etish iste’mol krediti bo‘yicha 5 ish kuni ichida, mikroqarz va overdraft bo‘yicha 3 ish kuni ichida amalga oshirish taklif etilgan;
chakana kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan summalar paydo bo‘lganda qarz oluvchi bankka muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovning har bir kuni uchun 0,15 foiz, ammo muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmagan miqdorida jarima to‘lash taklif etilgan;
qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida to‘liq uzlyuksiz mehnat faoliyati mavjud bo‘lmaganda, overdraft limiti qarz oluvchining kamida 3 oylik uzlyuksiz mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklarining chakana kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun chakana kredit bo‘yicha oylik to‘lovlar miqdori yakka tartibdagi tadbirkorning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga keladigan o‘rtacha oylik tushumlar umumiy hajmining 10 foizdan oshmasligidan kelib chiqib hisoblash taklifi aksiyadorlik tijorat banki «ASIA ALLIANCE BANK»ning 2022 yilga mo‘ljallangan Kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“ASIA ALLIANCE BANK” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 31-martdagi №1081/02/03-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning 2022 yil uchun ishlab chiqilgan kredit siyosati yanada takomillashtirilgan hamda o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun ajratilgan chakana kreditlar hajmi 20 foizga oshgan;
chakana kredit mahsulotini ajratish ma’qullash yoki rad etish iste’mol krediti bo‘yicha 5 ish kuni ichida, mikroqarz va overdraft bo‘yicha 3 ish kuni ichida amalga oshirish taklifi «ASIA ALLIANCE BANK» Boshqaruvining 2022 yil 17 maydagi 60/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga chakana kredit mahsulotlarini ajratish tartibi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“ASIA ALLIANCE BANK” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 31-martdagi №1081/02/03-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning chakana kredit mahsulotlari soni va sifati oshgan, 2022 yil davomida ajratilgan chakana kreditlar miqdori 143,96 mlrd so‘mni tashkil etgan;
chakana kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan summalar paydo bo‘lganda qarz oluvchi bankka muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovning har bir kuni uchun 0,15 foiz, ammo muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmagan miqdorida jarima to‘lash taklifi taklif aksiyadorlik tijorat banki «ASIA ALLIANCE BANK» Boshqaruvining 2022 yil 17 maydagi 60/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga chakana kredit mahsulotlarini ajratish tartibi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“ASIA ALLIANCE BANK” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 31-martdagi №1081/02/03-16-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning so‘ndirilgan kreditlar hajmi 119820,27 mln so‘mni tashkil etgan, bankning chakana kreditlar bo‘yicha muammoli kreditlarining ulushi jami kredit portfelida 2022 yilda o‘tgan yilga nisbatan 0,07 foizga yoki 318,6 mln so‘mga kamayishga erishilgan;
qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida to‘liq uzlyuksiz mehnat faoliyati mavjud bo‘lmaganda, overdraft limiti qarz oluvchining kamida 3 oylik uzlyuksiz mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilash taklifi aksiyadorlik tijorat banki «ASIA ALLIANCE BANK» Boshqaruvining 2022 yil 17 maydagi 60/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga chakana kredit mahsulotlarini ajratish tartibi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“ASIA ALLIANCE BANK” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 31-martdagi №1081/02/03-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yil davomida chakana kreditlar qoldig‘i 97,4 mlrd so‘mga oshib, 2023 yil holatiga chakana kredit portfeli 708,88 mlrd so‘mni tashkil etgan.