Baltashev Jursinbay Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramolchilikni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt.1541
Ilmiy rahbar: Xakimov Rashid, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Gayrat Ablaqulovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qaramolchilikni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikka erishishda natural va qiymat samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda dehqon xo‘jaligi faoliyatining xususiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini “mahsulot sifat o‘zgarishlarini”ni inobatga olish orqali baholash usuli ishlab chiqilgan;
Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlarida “aqlli sutchilik qaromolchilik majmua”larini tashkil etish, shuningdek, erkak buzoqlarni sotib oladigan maxsus boqishga mo‘ljallangan “aqlli bo‘rdoqichilik ferma”larini tashkil etish hamda “zotli gunajin” fermalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
tumanlar, viloyat va respublikada veterinariya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yurituvchi “Raqamli chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash innovatsion bo‘lim”ini ochish va uni moliyalashtirish asoslari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qaromolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2025-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qaromolchilik tarmog‘ini rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikka erishishda natural va qiymat samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda dehqon xo‘jaligi faoliyatining xususiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini “mahsulot sifat o‘zgarishlari”ni inobatga olish orqali ishlab chiqilgan baholash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 12- oktyabrdagi 03/016-2901-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik mahsulotlarining aniq natural va qiymat ko‘rsatkichlarini uy xo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlari ham hisoblanilgan. Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida yangi qoramol zotlarini keltirish va ularni ko‘paytirish orqali go‘sht va sut mahsulotlarining 25 % ga oshishiga erishilgan;
Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlarida “aqlli sutchilik qaromolchilik majmua”larini tashkil etish, shuningdek, erkak buzoqlarni sotib oladigan maxsus boqishga mo‘ljallangan “aqlli bo‘rdoqichilik ferma”larini tashkil etish hamda “zotli gunajin” fermalarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 12-oktyabrdagi 03/016-2901-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Bo‘zatov, To‘rtko‘l tumanlarida chorvachilik tarmog‘i xo‘jaliklari uchun veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish markazlari ochilgan hamda ularda qoramol kasalliklari 35 % ga kamaygan;
Tumanlar, viloyat va respublikada veterinariya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yurituvchi “Raqamli chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash innovatsion bo‘lim”ini ochish va uni moliyalashtirish asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 12-oktyabrdagi 03/016-2901-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida vazirlik huzurida innovatsiyalar bo‘limi tashkil qilingan va ilmiy va startap loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish va ularni fermer xo‘jaliklarida, xususan, chorvachilik xo‘jaliklarida foydalanishiga erishilmoqda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qaromolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2025-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 12-oktyabrdagi 03/016-2901-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik mahsulotlari 2021-yildagi 6021386,0 mln. so‘mdan prognoz davrida 2025-yilga kelib, 12413310,8 mln. so‘mni tashkil etishi, bu ko‘rsatkichning 2021-yilga nisbatan absolyut o‘sishi 6391924,8 mln. so‘mni, yoki nisbiy o‘sish 48,5 foizni tashkil etishi aniqlangan.