Orazbaeva Aysara Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirka kislota ishlab chiqarish chiqindilari asosida urug‘larni dorilovchi vositalar olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T172.
Ilmiy rahbar: Zakirov Baxtiyar Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cirka kislotasi va uni ishlab chiqarish chiqindisi – engil uchuvchan fraksiya, monoetanolamin va mis atsetat monogidrat asosida kompleks ta’sir etuvchi paxta chigiti va donli ekinlar urug‘larini dorilovchi preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sirka kislotasi, sirka kislotasini ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindi engil uchuvchan fraksiya, mis (I) oksidi, mis karbonati asosida fungisid faollikka ega bo‘lgan mis atsetat monogidrati olingan;
mono-, di-, trietanolamin, mis atsetat monogidrati, chumoli va sirka kislotalarining monoetanolammoniyli birikmalari ishtirokidagi murakkab suvli sistemalarining eruvchanligi asosida «tarkib-xossa» eruvchanlik diagrammalari yaratilgan;
oltita yangi birikma NH2C2H2OH·(CH3COO)2Cu·H2O; NH(C2H4OH)2·(CH3COO)2Cu H2O; N(C2H4OH)3·(CH3COO)2 Cu H2O; HCOOH·NH2C2H4OH·(CH3COO)2Cu·H2O; CH3COOH·NH2C2H4OH·(CH3COO)2Cu·H2O; 2CH3COOH·NH2C2H4OH·(CH3COO)2Cu·H2O olingan, moddalar zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida mavjudligi aniqlangan;
sirka kislotasi, mis atsetat monogidrati, engil uchuvchan fraksiya, monoetanolamin asosida, paxta chigitini ildiz chirishi va gommozdan dorilovchi fungisid va stimulyatorlik xossasiga ega bo‘lgan yangi uch turdagi preparatlarni olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompleks ta’sir etuvchi paxta chigitini dorilovchi preparatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish buyicha olingan natijalar asosida:
fungisidlik xossaga ega bo‘lgan va tarkibida fiziologik faol modda saqlagan urug‘larni dorilovchi preparatlarning agrokimyoviy sinovlari asosida olingan natijalar FA-A12-142 raqamli «Samarali stimulyator zararsiz o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olishning resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni sinash» va FA-A7-T133 raqamli «Bentonit bilan modifikatsiya qilingan azot va fosforli mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish» loyihalarida preparatlarning paxta chigitidagi ildiz chirishi va gommoz kasalligidan himoyalashga qiyosiy taxlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 4/1255-994-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosi hosilini 4,9g/o‘sim. (birinchi terim) va 4,2 g/o‘sim. (yappa terim) ortishi va pishib etilishini tezlashtirish imkonini bergan;
sirka kislotasi, mis atsetatat monogidrati, monoetanolaminlar asosida paxta chigitini dorilovchi preparatini olish texnologiyasi «Navoyazot» AJda amaliyotga tatbiq etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 4 apreldagi 03-340/A-son ma’lumotnomasi). Natijada fungisid, stimulyator va fiziologik faolikka ega bo‘lgan ushbu preparatlar paxtaning S-6524 navida qo‘llanganda «P-4» preparatiga nisbatan paxta hosilini 1,5s/ ga oshirish imkonini bergan;
sirka kislotasini ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindi engil uchuvchan fraksiya, mis karbonati, mis atsetatat monogidrati, sirka kislotasi va monoetanolamin asosida paxta chigitini dorilovchi suyuq preparatini olish texnologiyasi «Navoyazot» AJda amaliyotga tatbiq etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 4 apreldagi 03-340/A-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparat paxtada qo‘llanilganda paxta ko‘chatlarini ildiz chirishi 83,4% dan ximoyalashini, shuningdek o‘simliklarni rivojlanishini, ularning tez pishib etishish imkonini bergan.