Fokin Ivan Viktorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p sonli qovurg‘alar singan bemorlarda og‘riqsizlantirish usullarini takomillashtirish», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1057.
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaziev Zoir Toirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: I. P. Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg Birinchi davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ul`tratovush nazorati ostida tananing orqa qismini to‘g‘rilovchi fassial silliq mushaklarda uzaytirilgan blokadalarni qo‘llash yo‘li bilan ko‘p sonli qovurg‘alar singan bemorlarni og‘riqsizlantirish samaradorligi va xavfsizligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontrastlashtirilgan kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari bo‘yicha mahalliy anestetiklarni tarqalish darajasi bilan qiyoslanganda, tananing orqa qismi fassial silliq mushaklarini blokadasidan keyin og‘riq sezgisini pasayish chegarasining o‘zaro aloqasi asoslangan;
tashqi nafas vazifasi, gemodinamik ko‘rsatkichlar, arterial qon gaz tarkibi ma’lumotlari, og‘riqning raqamli reyting shkalasi va iste’mol qilinadigan narkotik anal`getiklarning umumiy miqdori asosida narkotik anal`getiklar va steroyd bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilardan foydalanish bilan standart og‘riqsizlantirish bilan solishtirish bo‘yicha ul`tratovush nazorati ostida tananing orqa qismi fassial silliq mushaklarining uzaytirilgan blokadasini qo‘llash bilan ko‘p sonli qovurg‘alari sinishi bo‘lgan bemorlarni og‘riqsizlantirishni xavfsizligi isbotlangan;
ko‘p sonli qovurg‘alar sinishi bo‘lgan bemorlarda og‘riqsizlantirishni standart usulda o‘tkazilgan ul`tratovushli nazoratda tananing orqa qismi fassial silliq mushaklarini uzaytirilgan blokadasini qo‘llash natijasida o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi davomiyligini qisqarishi isbotlangan;
ul`tratovushli nazorat ostida tananing orqa qismi fassial silliq mushaklarini uzaytirilgan blokadasini qo‘llash natijasida bemorlarni jonlantirish bo‘limi va shifoxonada bo‘lish muddatlarini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatining oshishi tartibi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘p sonli qovurg‘alar singan bemorlarda og‘riqsizlantirish usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kontrastli kompyuter tomografiyasi ma’lumotlariga asoslanib, tik turuvchi o‘murtqa mushakning fassial blokadasidan so‘ng lokal anestetikning tarqalishini o‘rganish yuqoridagi blokadani amalga oshirishda lokal anestetikning ta’sir qilish mexanizmini tushunish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyatli filiali bo‘yicha 25.02.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kontrastli kompyuter tomografiyasi ma’lumotlariga asoslanib, orqa tomonni to‘g‘rilaydigan mushakning fassial blokadasidan so‘ng mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositaning tarqalishini o‘rganish mahalliy og‘riqsizlantirishning boshqa turdagi mintaqaviy anestezikalarda ta’sir qilish mexanizmi bo‘yicha keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi, tananing regionar nervlar blokadasi, ko‘krak qafasi va qo‘l-oyoq tizimi regionar blokadarning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qo‘llaniladigan lokal anestetikning umumiy hajmini kamaytirish hisobiga har bir bemorga o‘rtacha hisobda 15 236 so‘m iqtisod qilindi, uning minimal hajmi kontrastli kompyuter tomografiyasi jarayonida bitta shikastlangan qovurg‘ani blokirovka qilish uchun hisoblanadi. Xulosa: Kompyuter tomografiyasi ma’lumotlariga ko‘ra lokal anestetikning tarqalishini o‘rganish mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositaning tarqalish yo‘nalishini tushunishga imkon berdi va barcha shikastlangan qovurg‘alarning lokal ogrikizlantirish va anestetikning bir tekis taqsimlash uchun igna in’eksiya nuqtasini, shuningdek minimal talab qilinadigan hajmni aniqladi. Bitta shikastlangan qovurg‘ani blokirovka qilish uchun mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita xajmini tanlash o‘z navbatida har bir bemor uchun 15 236 so‘mni tejash imkonini beradi. Fokin Ivan Viktorovichning «Ko‘p sonli qovurg‘alar sinishidagi og‘riqsizlantirishda tananing orqa qismi mushaklari fassial yuzasi blokadasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2021 yil 9 avgustdagi 03-02/1686-sonli xat yuborilgan.
mul`timodal analgeziya sxemasida ul`tratovush nazorati ostida tananing orqa qismi to‘g‘rilovchi mushakning uzoq muddatli fassial blokadasini amalga oshirish ko‘plab qovurg‘alar sinishi bo‘lgan bemorlarda og‘riqni yo‘qotishning samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyatli filiali bo‘yicha 25.02.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan anesteziya usulining nazariy asoslarini anesteziologiya-reanimatsiya va shoshilinch tibbiy yordam klinik ordinatorlari va kursantlarining qovurg‘alarining ko‘p sinishi bilan og‘rigan bemorlarga og‘riqsizlantirish taktikasi va usullarini tanlash bo‘yicha o‘quv jarayoniga kiritilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarda nozokomial pnevmoniya bilan kasallanish holatlari 40 foizga, narkotik analgetiklar iste’moli esa 40 % kamayishi hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 45 050 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Ko‘p sonli qovurg‘alar sinishi bo‘lgan bemorlarda multimodal ogriksizlantirish sxemasiga ultratovush nazorati ostida orqa qismi to‘g‘rilovchi mushakning uzoqmuddatli blokadasini kiritish nozokomial pnevmoniyaning paydo bo‘lishini 40 % ga kamaytiradi va narkotik analgetiklarni iste’mol qilishni 40 % ga kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida har bir bemor uchun 45 050 so‘mni tejash imkonini beradi. Fokin Ivan Viktorovichning «Ko‘p sonli qovurg‘alar sinishidagi og‘riqsizlantirishda tananing orqa qismi mushaklari fassial yuzasi blokadasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2021 yil 9 avgustdagi 03-02/1686-sonli xat yuborilgan.
ko‘p qovurg‘a sinishi bo‘lgan va uzoq vaqt mexanik sun’iy nafas olish bilan kechadigan bemorlarda tananing orqa qismi fassial silliq mushaklarini uzaytirilgan blokadasini qo‘llash natijasida foydalanish yaxshilangan analgeziya va nafas olish mexanikasi bilan gemodinamik parametrlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligini aniqladi, bu esa o‘z navbatida sun’iy nafas olish muddatini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyatli filiali bo‘yicha 25.02.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan og‘riqsizlantirish usulining nazariy asoslari anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi klinik ordinatorlar va kursantlarning o‘quv jarayoniga, ko‘p qovurg‘a sinishi bilan og‘rigan bemorlarga jarrohlik va uzoq mexanik ventilyasiya qilingan bemorlarga og‘riqsizlantirish taktikasi va usullarini tanlash bo‘yicha kiritgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘p qovurg‘a singan bemorlarda o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish muddatini qisqartirishi, mexanik ventilyasiyada bemorni analgosedatsiya qilish uchun dori vositalari narxini pasayishi va bemorlarda apparat bilan bog‘liq asoratlarni davolash xarajatlarini kamayishi hisobiga har bir bemorga o‘rtacha 56 300 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Ko‘p sonli qovurg‘alar sinishi bilan og‘rigan bemorlarda ultratovush nazorati ostida orqa qismini to‘g‘rilaydigan mushakning uzoq muddatli blokadasini multimodal ogriksizlantirish sxemasiga kiritish uzoq muddatli mexanik ventilyasiya davomiyligini 50 % qisqartiradi va har bir bemor uchun 56300 so‘mni tejaydi. Fokin Ivan Viktorovichning «Ko‘p sonli qovurg‘alar sinishidagi og‘riqsizlantirishda tananing orqa qismi mushaklari fassial yuzasi blokadasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi2021 yil 9 avgustdagi 03-02/1686-sonli xat yuborilgan.
ko‘p sonli qovurg‘alar sinishi bo‘lgan bemorlarda multimodal analgeziyaning asosi sifatida tananing orqa qismi fassial silliq mushaklarini uzaytirilgan blokadasini foydalanishi bunday bemorlarni davolashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu bemorlarning kasalxonada va intensiv terapiya bo‘limida yotqizish davomiyligini qisqartirishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyatli filiali bo‘yicha 25.02.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2022 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi zquyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan anesteziya va analgeziya usulining nazariy asoslarini anesteziologiya-reanimatsiya va shoshilinch tibbiy yordam klinik ordinatorlari va kursantlarining qovurg‘alarining ko‘p sinishi bilan og‘rigan bemorlarga og‘riqsizlantirish taktikasi va usullarini tanlash bo‘yicha o‘quv jarayoniga kiritilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Davolanish xarajatlarini kamaytirish va bemorning shifoxonada yotish muddatini 4 kunga qisqartirish natijasida har bir bemor uchun o‘rtacha 76 828 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. Xulosa: Ko‘p sonli qovurg‘a sinishi bilan og‘rigan bemorlarga multimodal behushlik sxemasiga ultratovush nazorati ostida orqa qismini to‘g‘rilaydigan mushakning uzoq muddatli blokadasini kiritish bemorning kasalxonada qolish muddatini 4 kunga qisqartiradi, bu esa o‘z navbatida har bir bemor uchun 76 828 so‘mni tejaydi. Fokin Ivan Viktorovichning «Ko‘p sonli qovurg‘alar sinishidagi og‘riqsizlantirishda tananing orqa qismi mushaklari fassial yuzasi blokadasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2021 yil 9 avgustdagi 03-02/1686-sonli xat yuborilgan.