Xushmurodov Farrux Mirzomurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo havzasi vohalari agrolandshaftlarining cho‘llanish jarayonini tadqiq qilish va xaritalashtirish», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr165.
Ilmiy rahbar: Suyunov Abdusali Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Toshov Xudoynazar Ramazonovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo vohasining agrolandshaftlarini mavjud ilmiy konsepsiyalar asosida tasniflash, ularning asosiy shakllanish xususiyatlarini ta’riflash, agrolandshaftlardan foydalanishni optimallashtirishda cho‘llanish omillarining vujudga kelishi masalalarini hamda ularni kartalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1:100000 masshtabdagi Qashqadaryo vohasini sug‘oriladigan maydonlari sizot suvlarining sho‘rlanganlik, chuqurlik, meliorativ holati kartalari yaratilgan;
sug‘oriladigan maydonlarni tuproq sho‘rlanganlik va cho‘llanish tiplari kartalari yaratilgan;
agrolandshaftlarda er va suv resurslaridan foydalanishni hududiy tashkil etish, cho‘llanishni rivojlanish jihatlarini ilmiy asoslash orqali uni oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
ilk bor tadqiqot olib borilgan hududda bo‘layotgan cho‘llanish jarayonining dinamik o‘zgarishlari komponentlar (evapotranspiratsiya, tuproq, er usti va osti suvlari, antropogen) darajasida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo vohasi agrolandshaftlarining cho‘llanish jarayonini tadqiq etish va kartalashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan 1:100 000 masshtabdagi Qashqadaryo vohasini sug‘oriladigan maydonlari sizot suvlarining sho‘rlanganlik, chuqurlik, melioratsiya holati, tuproq sho‘rlanishi va cho‘llanish tiplari kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 iyundagi 03/37-1815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududidagi sho‘rlangan va melioratsiya tadbirlariga muhtoj erlarni operativ aniqlash imkonini bergan;
agrolandshaftlarda er va suv resurslaridan foydalanishni hududiy tashkil etish, cho‘llanishni rivojlanish jihatlarini ilmiy asoslash orqali olingan natijalar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 iyundagi 03/37-1815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er va suv resurslaridan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish, rejalashtirish va ekin sxemalarini optimal variantlarda ishlab chiqish imkonini bergan;
cho‘llanish jarayonini dinamik o‘zgarishlariga oid olingan natijalardan O O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 iyundagi 03/37-1815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida cho‘llanish darajasini tezkor tahlil qilish hamda unga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish