Usmonov Farhodjon Komiljonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy tish implantati uchun biofaol qoplama yaratish va uni samaradorligini baholash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib288.

Ilmiy rahbar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Dong Hee Cho, biologiya fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Shimoliy Karolina universiteti (Amerika qo‘shma shtatlari).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tish implantatlari suyak ichki qismi uchun biofaol qoplamani ishlab chiqish va uni qo‘llashni tajribada asoslashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tut ipak qurti pillasi chiqindilaridan xitozan va uchkal`siyfosfat armirlangan granulalaridan tish implantatlari uchun mahalliy biofaol birikma olingan;

mahalliy titanli tish implantatlari uchun biofaol birikma olish uchun ionlar elektrolizi usuli ishlab chiqilgan;

biofaol qoplamali «Implant.uz» tish implantatini tishlar qatoridagi nuqsonlarni to‘ldirish uchun implantati tajribada va implantat-suyak chegara osteointegratsiyasini ijobiy o‘sishi isbotlangan;

mahalliy polimer matriks titanli implantatlarni tibbiy biologik xavfsizligi tajribada va tajriba osti hayvonlari organizmiga ularning zaharli ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Milliy tish implantati uchun biofaol qoplama yaratish va uni samaradorligiga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Qoplamali suyak ichi tish implantatini tayyorlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patent uchun ma’lumotnoma olingan (№IAP 20170369). Mazkur usul suyak ichki qismini biofaol qoplam bilan qoplaydi va bu qoplam tish implantatini suyak bilan birikish jarayonini tezlashtirish va protezlash muddatini qisqartirish imkonini bergan;

«Biofaol qoplamaga ega milliy tish implantatini qo‘llash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 fevraldagi 8n-r/33-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma milliy biofaol qoplamali tish implantatlarini ishlab chiqish, uchkal`siyfosfat va mahalliy xitozan asosli biofaol qoplamaning optimal o‘lchamlarini aniqlash va uning samaradorligini baxolash imkonini bergan;

milliy tish implantati uchun biofaol qoplama yaratish va uni samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasining tajriba amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 apreldagi 8n-z/49-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi tut ipak qurti pillasi chiqindilaridan olingan mahalliy xitozan va uchkal`siyfosfatning armirlangan granulalaridan tayyorlangan mahalliy polimer matriksini jarrohlik va ortopedik stomatologiyada, travmatologiyada, jarrohlikda qo‘llanish imkonini bergan va shu orqali protezlash vaqtini 2-3 oyga kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish