Shnekeev Jumabay Kalimbetovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston zamonaviy arxitekturasining rivojlanish xususiyatlari”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
            Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/A14.
            Ilmiy maslahatchi: Nozilov Dodo Avazovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
            Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
            IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
            Rasmiy opponentlar: Mukimov Rustam Samatovich, arxitektura fanlari doktori (Tojikiston Respublikasi); Salimov Arifdjon Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
            Yetakchi tashkilot: “ToshuyjoyLITI” AJ
            Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonda arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish, Amudaryo sohilini foydali zonaga aylantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol dengizi sohilida qum bo‘ronini kamaytirishga uch funksiyaga ega (qum ko‘tarilishining oldini olish, shamol tezligining sinishi, o‘simliklar, qushlar, hayvonlarga bostirma va soyabon) kichik me'moriy ob'ektlardan foydalanish zarurligi asoslangan;
kam qavatli uylardagi avval hovliga keyin xonadonga kirish mahalliy anʼanasini ko‘p qavatli turar joylarning har bir xonadonida qo‘llash va energiya tejamkorlikni oshirishga qaratilgan loyiha taklifi ishlab chiqilgan;
zamonaviy shaharsozlikda bolalar bog‘larini yaratishda suv havzalari, atraksion, amfiteatr, kutubxona, sport klubi, zoopark, dam olish maskanidan tashqari milliy arxitekturaning hajmiy-rejalashtirish echimini, an’anaviy uslubini, foydalanilgan mahalliy qurilish xomashyolari to‘g‘risida taassurot beruvchi noyob arxitekturaviy yodgorliklarni qurish samaradorligi asoslangan;
ko‘p qavatli turar joylarda lodjiyaga ega xonadonlarda aholining oshxonalarni lodjiyaga ko‘chirish tendensiyalari an’anaga aylanishiga issiq quruq iqlim va ekologik sharoit sabab bo‘lishi aniqlanib, loyihalarda oshxonani doimo shamollatishga lodjiya bilan muhitdan ajratmaslik taklifi berilgan;
Amudaryo va yirik kanallar sohilida aholining anʼanaviy kasbiga bog‘liq yangi aglomeratsion qishloqni, bulvarni, sport zonalarni, arxitekturaviy obo‘ektlarni, milliy o‘tovlarni jamlagan me’moriy kompozisiya loyihasi ishlab chiqilib, Termiz-Mo‘ynoq va Kaspiy dengizi yonalishida suv transportini shaklantirish konseptual tizimi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston mintaqasida zamonaviy arxitekturani rivojlantirish samaradorligini oshirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol dengizi sohilida qum bo‘ronini kamaytirishga uch funksiyaga ega (qum ko‘tarilishining oldini olish, shamol tezligining sinishi, o‘simliklar, qushlar, hayvonlarga bostirma va soyabon) kichik me'moriy ob'ektlardan foydalanish zarurligi asoslangan xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 21-iyondagi 4/1764-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxitekturaviy obekt Orol dengizi bo‘yida saksovul o‘smaydigan tuzli qum hududiga o‘rnatilib, chang bo‘ronning kamayishi va saksovul o‘stirish imkoni borligi aniqlangan.
kam qavatli uylardagi avval hovliga keyin xonadonga kirish mahalliy anʼanasini ko‘p qavatli turar joylarning har bir xonadonida qo‘llash   va energo tejamkorlikni oshirishga qaratilgan loyiha taklifi ishlab chiqilgan xulosadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog'iston Respublikasi qurilish vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 04-07/01-1808-son ma'lumotnomasi); Natijada, ko‘p qavatli turar joylarning har bir xonadoniga kirish qismida hovli maydonshasini tashkil etish va energo tejamkorlikni oshirishga turar joyning pol va shiftdan foydalanish imkoniyati yaratilgan;  
zamonaviy shaharsozlikda bolalar bog‘larini yaratishda suv havzalari, atraksion, amfiteatr, kutubxona, sport klubi, zoopark, dam olish maskanidan tashqari milliy arxitekturaning hajmiy-rejalashtirish echimini, an’anaviy uslubini, foydalanilgan mahalliy qurilish xomashyolari to‘g‘risida taassurot beruvchi noyob arxitekturaviy yodgorliklarni qurish samaradorligi asoslangan xulosadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 04-07/01-1808-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida zamonaviy arxitektura va shaharsozlik amaliyotini takomillashtirishga, shaharning turistik salohiyatini oshirishga erishilgan;
ko‘p qavatli turar joylarda lodjiyaga ega xonadonlarda aholining oshxonalarni lodjiyaga ko‘chirish tendensiyalari an’anaga aylanishiga issiq quruq iqlim va ekologik sharoit sabab bo‘lishi aniqlanib, loyihalarda oshxonani doimo shamollatishga lodjiya bilan muhitdan ajratmaslik taklifi berilgan; xulosadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 04-07/01-1808-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida eskirgan binolarni rekonstruksiyalash jarayonida aniqlanib yangi binolarni zamonaviy arxitektura va mahalliy iqlim sharoitiga muvofiq modernizatsiyalashtirishda bu usulni qo‘llashga  erishilgan;
Amudaryo va yirik kanallar sohilida aholining anʼanaviy kasbiga bog‘ligli yangi aglomeratsion qishloqni, bulvarni, sport zonalarni, arxitekturaviy ob’ektlarni, milliy o‘tovlarni jamlagan me’moriy kompozisiya loyiha-grafikasida amalga oshirilgan va Termiz-Mo‘ynoq va Kaspiy dengizi yonalishida suv transportini shaklantirishga konseptual tizimi ishlab chiqilgan. xulosadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 04-07/01-1808-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amudaryo va yirik kanallar sohilida zamonaviy arhitekturaga xos mahalliy, ana’anaviy ob’ektlardan tashkil topgan kompozisiyani bunyod etish amalda bosqishma-bosqish bajarilmoqda va shaharsozlikni rivojlantirishga suv transportini qayta tiklashga imkon borligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish