Yadgarova Nigora Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX – XXI asr boshlari O‘zbekiston rangtasvirida impressionizm tendensiyalari”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/San58.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nigora Raximovna, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Valentina Vitalevna Luneva, san’atshunoslik fanlari doktori; Umarov Dildora Baxtiyarovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX – XXI asr boshlari O‘zbekiston rangtasvirida impressionizm tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon san’atida impressionizm oqimining rivoj topishi tufayli an’anaviy kartina konsepsiyasini o‘zgartirgan, portret va manzara janrlaridagi kompozision va koloristik tajribalarning ishlab chiqilishi natijasida, O‘zbekiston rangtasvirida impressionizm XX asr boshlaridan XXI asrlar boshlarigacha yetakchi tendensiyalardan biri sifatida muhim o‘rin tutgani isbotlangan;
o‘zbek rangtasvirida impressionizm tendensiyalarining shakllanishi Fransiya va Rossiya badiiy maktablaridagi an’analarni o‘zlashtirish asosida amalga oshgani sababli, ularning rivojlanish xususiyatlari realizm, postimpressionizm tamoyillari hamda modern uslubi bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
P.Benkov milliy rangtasvirda ilk bor plenerdagi portret, maishiy kartina janrlariga murojaat qilgani, ularni yangi syujet va motivlar bilan boyitish orqali fransuz hamda rus impressionizmidan farqlanuvchi, o‘zbek impressionizmining asoschisiga aylangani isbotlangan;
O‘zbekiston rangtasvirida P.Benkov asos solgan impressionizm an’analari uning shogirdlari Z.Kovalevskaya, R.Timurov tomonidan peyzaj, tematik kartina janrlarida bevosita davom ettirilib, individual dunyoqarash bilan boyitilgani, R.Axmedov, Yu.Elizarovning plenerli va psixologik portretlarida rivojlantirilgani dalillangan;
mustaqillik yillarida rassomlar ijodida impressionizm tendensiyalari peyzaj, natyurmort va portretning o‘zaro uyg‘unligi, ranglar xromatizmiga intilish orqali muntazam boyitib borilgani sababli, zamonaviy rangtasvirda impressionizm tendensiyalarining transformatsiyasi ro‘y bergani aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX – XXI asr boshlari O‘zbekiston rangtasvirida impressionizm tendensiyalari mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
jahon san’atida impressionizm oqimlarining rivoj topishi hamda buning natijasida an’anaviy kartina konsepsiyasini o‘zgartirgan kompozision va koloristik tajribalarning ishlab chiqilishi tufayli, O‘zbekiston rangtasvirida impressionizm XX asr boshlaridan XXI asrlar boshlarigacha yetakchi tendensiyalardan biri sifatida muhim o‘rin tutgani isbotlangan ilmiy natijalar “O‘zbekiston tarixi” kanalida namoyish etilgan “Raxim Axmedov ijodida impressionizm” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 martdagi 02-10-427-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlar, yosh rassomlar va san’atshunoslarning O‘zbekiston tasviriy san’ati bo‘yicha bilimlarini oshirib, milliy rangtasvir rivojida Evropa badiiy oqimlarining roli haqida keng ma’lumot olish uchun xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida rassomlar ijodida impressionizm tendensiyalari peyzaj, natyurmort va portretning o‘zaro uyg‘unligi, ranglar xromatizmiga intilish orqali muntazam boyitib borilgani sababli, zamonaviy rangtasvirda impressionizm tendensiyalarining transformatsiyasi ro‘y bergani aniqlangan ilmiy natijalar 2022 yil 28 aprelda Ikuo Xiroyama nomidagi Xalqaro karvon-saroyda ochilgan Dilorom Raximovaning shaxsiy ko‘rgazmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2022 yil 26 dekabrdagi PF30636874-son ma’lumotnomasi). Natijalar zamonaviy o‘zbek rassomi D.Raximova ijodini keng yoritish, bu jarayonda impressionizm tendensiyalarining XX – XXI asr boshlari O‘zbekiston rangtasviridagi rolini tomoshabinlarga ochib berish uchun xizmat qilgan;
O‘zbekiston rangtasvirida P.Benkov asos solgan impressionizm an’analari shogirdlari Z.Kovalevskaya, R.Timurov tomonidan peyzaj, tematik kartina janrlarida bevosita davom ettirilib, individual dunyoqarash bilan uyg‘unlikda boyitilgani, R.Axmedov, Yu.Elizarovning plenerli va psixologik portretlarida o‘ziga xos ko‘rinishda rivojlantirilgani dalillangan ilmiy natijalar O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi uchun rassom Yu.Elizarov ijodiga bag‘ishlangan elektron rolikni tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 31 maydagi 02-06-1745-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey fondida saqlanayotgan o‘zbek rassomlarining noyob asarlarini keng tadqiq va targ‘ib qilish orqali tomoshabinlarning badiiiy-estetik didini oshirish uchun xizmat qilgan.
   

Yangiliklarga obuna bo‘lish