Kuziev Otabek Chulievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Texnika ixtisosligi talabalarida faxborot modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.  PhD/Ped3695.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
     Ilmiy rahbar: Turdiev Shohruh Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jalilov Hamid Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish tushunchasining mohiyati texnologik jarayonlar izchilligini modellashtirish asosida ta’minlash, jarayonlar xavfsizligini logistik me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash kabi mazmuniy komponentlar orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini  rivojlantirish jarayoni mazmuni axborotlarni tizimlilik, uzviylik, xavfsizlik, natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida tanlash va pedagogik jarayon subektlari mantiqiy va matematik intellektini faollashtirish hamda amaliy faoliyatni axborot modellashtirish kabi didaktik meyorlar asosida boyitilgan;
talabalarning avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligi muammolarni hal qilishga qaratilgan axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining strategik bloki axborot-modellashtirishning umumiy intellektual, umumiy didaktik, maxsus muhandislik ko‘nikmalari hamda motivatsion, faoliyatli, kognitiv va refeksiv mezonlarlari o‘zaro mutanosibligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi xalqaro logistikada axborotlani almashinuv talablari, funksional, pedagogik va strategik modellashtirishaning uzviyligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalarda axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish tushunchasining mohiyati pedagogik, texnologik va texnik nuqtai nazardan tahlil qilinib, texnologik jarayonlar izchilligini ta’minlash, axborot xizmatlarini tashkil etish, jarayonlar xavfsizligini ta’minlash kabi mazmuniy komponentlar orqali aniqlashtirilgan ma’lumotlardan 02/1-922 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan Qashqadaryo yoshlarining “e-portfolio” platformasini yaratish (2021-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2023 yil 29-martdagi 02/1-922-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda umumtexnik ko‘nikmalarni shakllantirish, kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoni yaratilgan;
talabalarda axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini  rivojlantirish jarayoni mazmuni axborotlarni tizimlilik, uzviylik, xavfsizlik, natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida tanlash va pedagogik jarayon subektlari mantiqiy va matematik intellektini faollashtirish hamda amaliy faoliyatni axborot modellashtirish kabi didaktik meyorlar asosida boyitilganligiga, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot-modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi xalqaro logistikada axborotlani almashinuv talablari, funksional, pedagogik va strategik modellashtirishaning uzviyligi asosida takomillashtirilgan xulosalar “Avtomobillarda tashishni tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 302-0212 hamda 302-1286-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomalari). Natijada, mazkur uslubiy ta’minot oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish