Holiqulova Hulkar Yuldoshevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilish siyosati (1991-2014 yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar143.

Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc. 27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlar doktori, professor. Usmonova Muborak Akmaljonovna, yuridik fanlar doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi:O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

II. Tadqiqotning maqsadi: imkoniyati cheklangan shaxslarga bo‘lgan munosabat tarixini yoritish va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ularni himoya qilishning mohiyatini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Nodavlat notijorat tashkilotlarining imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilish borasida faoliyatidagi nomutanosiblikni bartaraf etish uchun nogironlar assotsiatsiyasini hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda viloyatlarda Nogironlar bilan ishlash sektorini tashkil qilishning zarurati isbotlangan;

imkoniyati cheklangan yoshlarning inklyuziv ta’limi uzluksizligi samaradorligini oshirishda oliy o‘quv yurtlari uchun maxsus kvota, resurs pedagoglarni ajratish hamda zarur infratuzilmalarni yaratishning ustuvor ahamiyati asoslangan;

imkoniyati cheklangan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi kasb orientatsiyasini oshirish, korxona rahbarlarining ijtimoiy model` asosidagi munosabatini shakllantirish, nogironlarning huquqiy savodxonligini oshirish kabi ijtimoiy omillar aniqlangan;

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Namangan, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida nogironlikning ekologik, tibbiy xizmat sifati va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh munosabatlari kabi omillar bilan bog‘liqligi tizimli ravishda ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilish siyosati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Nogironlar nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanish jarayonidagi davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sherikligi asosida hududlar kesimidagi faoliyatiga oid ilmiy xulosalaridan hamda nogironlar sonining regional, xronologik aspektdagi tahlili asosida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Namangan, Jizzax, Sirdaryo  viloyatlarida nisbatan yuqoriligi ekologik, tibbiy, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq ekanligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston nogironlar jamiyati faoliyatida foydalanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi R-5006-son «Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan tuzilgan davlat komissiyasiga taqdim qilindi. (O‘zbekiston nogironlar jamiyatining 2017 yil 6 fevraldagi 01-son ma’lumotnomasi). Ushbu dissertatsiya yuzasidan bildirilgan ilmiy xulosa va takliflar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga integratsiyalashuviga xizmat qilgan;

inklyuziv ta’lim strategiyasining ishlab chiqilishi imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim uzluksizligini ta’minlash va ijtimoiy hayotga integratsiyalashuvidagi eng muhim omil ekanligi va imkoniyati cheklangan shaxslar bandligining mehnat turlari va hududlar kesimida tahliliga oid ilmiy yangliklaridan O‘zbekiston karlar jamiyati faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston karlar jamiyatining 2017 yil 21 sentyabrdagi 1/01-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi imkoniyati cheklangan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilish, ko‘zi ojiz kar-soqovlarga kasbiy ta’lim berish va ularni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish