Qirg‘izov Nuriddin Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslarida ta’lim sub’ektlari faoliyatini modellashtirish metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped795.
Ilmiy rahbar: Xamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Roza Niyozmetova, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Maxbuba Yusufjonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslarida ta’lim subektlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslari orqali ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari (kognitiv, hissiy, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) fanga oid kompetentsiyalarni o‘zaro aloqadorligi empirik baholash va metodik imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash vositasida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirishning moslashuv bosqichlari (hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) axloqiy bilimlar, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlari ijodiy faoliyat asosida aniqlashtirilgan;
loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich sinf ona tili darslari orqali ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirish mazmuni va shakli hamda metodik ta’minoti kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda tayanch kompetentsiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik jihatdan yaxlit tizimi ishlab chiqilgan;
loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslarida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirish o‘quvchilarning hamkorlikdagi ijodiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasi jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, lingvistik tahlilga o‘rgatish, hamkorlikda ijodiy topshiriqlarni bajarish, kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Ona tili darslarida loyihaviy ta’lim asosida ta’lim sub’ektlari faoliyatini modellashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslari orqali ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari (kognitiv, hissiy, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) fanga oid kompetentsiyalarni (o‘qib tushunish, idrok etish, tinglab tushunish), o‘zaro aloqadorligi empirik baholash va metodik imkoniyatlarini tahlil qilish takomillashtirishga, boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash vositasida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirishning moslashuv bosqichlari (hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) axloqiy bilimlar, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlari ijodiy faoliyat asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019- yil 10-dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish”da foydalanilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 01/11-02/02-1595-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirish bo‘yicha o‘quvchi faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan;
loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich sinf ona tili darslari orqali ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirish mazmuni va shakli hamda metodik ta’minoti interfaol yondashuv asosida kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda tayanch kompetentsiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik jihatdan yaxlit tizimi ishlab chiqishiga doir amaliy takliflaridan Namangan davlat universiteida bajarilgan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” (2017–2019-yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 24-dekabrdagi 89-03-5489-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirishda o‘quvchilarining hamkorlikdagi ijodiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasi jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, tahlil bosqichlarini rejalashtirish, hamkorlikda ijodiy topshiriqlarni bajarish, kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalaridan Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020- yil 24-dekabrdagi 89-03-5489-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslarida o‘qituvchi-o‘quvchi faoliyatini modellashtirishda tayanch kompetentsiyani rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish