Murodova Matluba Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek nikoh to‘yi fol`klorining janrlar tarkibi va badiiyati (O‘rta Zarafshon vohasi materiallari asosida)”, 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil98.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jabbor Colievich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: O‘raeva Darmonoy Saidahmadovna, filologiya fanlari doktori; Tilovov Abdimurod Xolmurotovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon vohasi o‘zbek nikoh to‘yi marosimi fol`klorining janrlar tarkibi, genezisi va tarixiy-tadrijiy rivoji qonuniyatlarini oydinlashtirish, marosim qo‘shiqlarining o‘ziga xos lokal xususiyatlari va badiiyatini tadqiq etishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Zarafshon vohasi aholisining nikoh to‘yi marosimi fol`kloriga oid materiallar ilk bor yaxlit badiiy tizim sifatida shakllantirilgan, ularning umumo‘zbek fol`klori an’analari bilan mushtarak hamda o‘ziga xos hududiy-lokal xususiyatlari aniqlashtirilgan;
nikoh to‘yi marosimi qo‘shiqlarining hayotiy-maishiy vazifalari, tarixiy-genetik ildizlari, tadrijiy rivoji bosqichlari va postfol`klor namunasi sifatidagi xususiyatlari ochib berilgan;
to‘y marosim fol`klori verbal komponentlarining poetik so‘z, musiqiy ohang, xoreografik-dramatik harakat va etnografik kontekst bilan bevosita bog‘liqligi asoslangan;
badiiy tafakkurning qadimiy namunalaridan bo‘lgan nikoh to‘yi marosimi fol`klori so‘z magiyasi, ajdodlar homiyligiga ishonch, serhosillik, qut-baraka va ezgulikni ulug‘lash g‘oyalarini ifoda etganligi yoritilgan;
nikoh to‘yining bugungi kunga qadar saqlanib qolgan ko‘pgina uzvlari O‘rta Osiyoda yashagan qadimgi ajdodlarning arxaik marosimlari asosida kelib chiqqanligi sababli o‘zbek to‘y marosimi fol`klorida magik va animistik tasavvurlar, shuningdek, o‘simlik, olov, ostona kul`ti bilan bog‘liq ko‘hna e’tiqodlar izlari mavjudligi dalillangan;
o‘zbek marosim fol`klorini muayyan hududlar materiallari asosida o‘rganish xalq og‘zaki ijodi janrlarining mukammal tasnifini yaratish va nomoddiy madaniy merosni saqlash hamda muhofaza etishning kompleks dasturlarini yaratishga asos bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
o‘zbek marosim fol`klorining o‘ziga xos tabiati va janrlar tizimi xususiyatlarini yoritish jarayonidama’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
O‘rta Zarafshon vohasi o‘zbek nikoh to‘yi marosimi fol`klorining o‘ziga xos xususiyatlari, janrlar tarkibi va badiiyati yoritib berilgan maqolalar, marosim qo‘shiqlarining tarixiy asoslari, tadrijiy rivoji va lokal tabiatini o‘rganishga doir fikrlardan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi F1–FA.2012–1–8 raqamli fundamental ilmiy loyihani bajarishda, xususan, sakson birinchi (“Marosim fol`klori: “yor-yor”lar), sakson ikkinchi (“Marosim fol`klori: “kelin salom”lar), sakson uchinchi (“Marosim fol`klori: nikoh to‘yi qo‘shiqlari”), shuningdek, o‘ttiz to‘rtinchi (“Zulfizar”) jildlaridagi xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlari poetik matnini tarixiy-qiyosiy tahlil qilishda, xalq qo‘shiqlari va dostonlari matni yuzasidan ilmiy izohlar tuzishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 27 noyabrdagi FTA-02.11/1191-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘zbek xalq to‘y marosim qo‘shiqlari va romantik dostonlarining kelib chiqish tarixi, tadrijiy rivoji va ijro jarayonida hududiy-lokal xususiyatlar kasb etishini asoslash imkonini bergan;
o‘zbek nikoh to‘yi fol`klorining janrlar tizimi va badiiyatining o‘ziga xos xususiyatlariga oid materiallar asosida madaniyat va san’at ta’lim sohasi bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Fol`klor va etnografiya” o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan (6.11.2006, 251-son). Natijada talabalarning o‘zbek fol`klorshunosligining o‘ziga xos jihatlari, janrlar tarkibi va marosim fol`klori badiiyatini o‘rganish samaradorligi oshirilgan, respublikamizdagi fol`klor-etnografik ansambllari ijodiy faoliyatida hamda respublika miqyosidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan;
Zarafshon vohasi aholisi nomoddiy madaniy merosiga doir ilmiy-nazariy umumlashmalar madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari ta’lim jarayoniga joriy etilgan “Xalq ijodiyoti” o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan (2.02.2015, 32-047-son). Natijada talabalar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining janrlar tizimi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odat va marosimlar hamda ularning bugungi kundagi holati haqida keng qamrovli bilim olishiga, shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘zbek nikoh to‘ylarining o‘ziga xosligi, hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan qadimiy urf-odatlar va uning hududiy jihatdan farqlanishiga oid ilmiy qarash va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining “Qadriyat” eshittirishi hamda “Mahalla” telekanalining “Qadr topgan qadriyatlar” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 30 noyabrdagi 05-15/4880-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar hamda radioeshittirish muxlislari o‘zbek nikoh to‘ylarining o‘ziga xos lokal xususiyatlari, asrlar davomida milliy qadriyat sifatida saqlanib kelinayotgan janrlari haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
o‘zbek marosim fol`klori janrlar tizimi xususiyatlariga oid materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlar va milliy an’analarni keng targ‘ib qilish borasidagi davra suhbatlari, “Mafkuraviy immunitetni shakllantirish-ning pedogogik-psixologik treninglari”, “Milliy tarbiya durdonalari” risolalarini tayyorlash, “An’ana – qadriyat – urf-odat” turkumida yoshlar o‘rtasida vatanga sadoqat va milliy o‘zlikni anglash mavzularida o‘quv-seminar treninglarini tashkil qilishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 15 yanvardagi 02/09-61-18-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarda vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirishda urf-odat va an’analar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.