Qambarov Muxriddin Zuxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlarni).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1754.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xoliqov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaev Jamshid Ismoilovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari an’anaviy ta’lim tizimining tamoyillariga mos ravishda shakllantiriladigan darslarni virtual harakatlanuvchi tizim sifatida shakllantirishga qaratilgan ijodiy-pedagogik mikromuhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi elektron nashr va sensorli displeylar imkoniyatlaridan foydalanish natijadorligini oshirishga qaratilgan “TPACK” ta’lim texnologiyasi mazmuniga illyustratsiya va chizmalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini maqsadli integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni instrumental va hisoblash vositalarini ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan qurilmaviy, ta’limiy, ijtimoiy va ularning o‘zaro ta’sir jihatlari tadrijiyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish natijadorligi amaliy-dasturiy vositalar integratsiyasini tizimli ta’minlash hamda o‘zaro hamkorlik va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari didaktik-texnik talablarni izchil transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari an’anaviy ta’lim tizimining tamoyillariga mos ravishda shakllantiriladigan darslarni virtual harakatlanuvchi tizim sifatida yaratishga qaratilgan ijodiy-pedagogik mikromuhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0889 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi muammo va kamchiliklarni aniqlash imkoni yaratilgan;
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi elektron nashr va sensorli displeylar imkoniyatlaridan foydalanish natijadorligini oshirishga qaratilgan “TPACK” ta’lim texnologiyasi mazmuniga illyustratsiya va chizmalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini maqsadli integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0889 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligi rivojlantirishning modeli takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni instrumental va hisoblash vositalarini ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan qurilmaviy, ta’limiy, ijtimoiy va ularning o‘zaro ta’sir jihatlari tadrijiyligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0889 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
    ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish natijadorligi amaliy-dasturiy vositalar integratsiyasini tizimli ta’minlash hamda o‘zaro hamkorlik va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari didaktik-texnik talablarni izchil transformatsiyalash asosida takomillashtirishag oid tasiyalar “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0889 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish sifatini oshirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish