Ergasheva Matluba Burxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped407.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari nazariy fikrlash bilan bog‘liq o‘quv didaktik ma’lumotlarning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini ta’minlashga qaratilgan mustaqil-tashabbusli va refleksiv -innovatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan pedagogik-psixologik to‘siqlarni bartaraf etishning didaktogen xususiyatlari va empiriklik darajasini hisobga olish va ijodiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar jamlanmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ta’limning psixologik-pedagogik va didaktik-rivojlantiruvchi imkoniyatlarini motivatsion-qadriyatli munosabat tamoyillariga uzlyuksiz moslashtirish hamda ularni mustaqil va ijodiy qo‘llashga qobiliyatini o‘z ichiga qamrab oluvchi maxsus kasbiy tayyorgarlikka dominant ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’limni amalga oshirishga tayyorlashning didaktik jarayoni mantiqiy tuzilmasiga maxsus topshiriqlarni kiritish hamda tayyorgarlikning barcha bosqichlari uchun o‘quv faoliyatining yetakchi turini tanlab olish algoritmini bosqichma-bosqich ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish mezonlari rivojlantiruvchi ta’limga motivatsion-qadriyatli munosabatni shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan vertikal va gorizontal ta’lim traektoriyalari mazmunini boyitib borish mexanizmi intensivligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari nazariy fikrlash bilan bog‘liq o‘quv didaktik ma’lumotlarning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini ta’minlashga qaratilgan mustaqil-tashabbusli va refleksiv -innovatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan pedagogik-psixologik to‘siqlarni bartaraf etishning didaktogen xususiyatlari va empiriklik darajasini hisobga olish va ijodiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar jamlanmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirishga tayyorlashning psixologik-pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ta’limning psixologik-pedagogik va didaktik-riiojlantiruvchi imkoniyatlarini motivatsion-qadriyatli munosabat tamoyillariga uzlyuksiz moslashtirish hamda ularni mustaqil va ijodiy qo‘llashga qobiliyatini o‘z ichiga qamrab oluvchi maxsus kasbiy tayyorgarlikka dominant ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04 sonli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’limni amalga oshirishga tayyorlashning didaktik jarayoni mantiqiy tuzilmasiga maxsus topshiriqlarni kiritish hamda tayyorgarlikning barcha bosqichlari uchun o‘quv faoliyatining yetakchi turini tanlab olish algoritmini bosqichma-bosqich ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04 sonli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirishga tayyorlashning didaktik jihatlarini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirish mezonlari rivojlantiruvchi ta’limga motivatsion-qadriyatli munosabatni shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan vertikal va gorizontal ta’lim traektoriyalari mazmunini boyitib borish mexanizmi intensivligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04 sonli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida rivojlantiruvchi ta’limga motivatsion-qadriyatli munosabatni shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish