Kadirova Munira Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalariga chet tilini o‘rgatishda ijodiy faollikni modernizatsiyalash», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped133.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna pedagogika fanlari doktori, professor; Nishonova Zamira Taskaraevna psixologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tillarga ixtisoslashmagan oliy o‘quv yurti talabalarida ijodiy faollikni modernizatsiyalashning pedagogik mexanizmlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tili o‘rgatish kommunikativlik, ijodiy faollik va kreativlik komponentlari, o‘z o‘zini baxolash, individual rivojlantirish, auto – psixologik trening majmuini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifati, o‘quv – bilish faoliyati, innovatsion va ijodiy faoliyat komponentlarini optimallashtirish asosida rivojlantirilgan;
tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish modeli kognitiv, tashkiliy faoliyatli, motivatsion mezonlarni faktorli tahlil hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
mutaxassislik yo‘nalishlarida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini ingliz tilini bilish darajalarni kengaytirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chet tilini o‘rgatishda ijodiy faollikni modernizatsiyalashga oid tadqiqot natijalari asosida:
tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tillarni o‘rganish jarayonida ijodiy faolligini oshirishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid takliflar ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 21 avgustdagi 89-03-1412 son ma’lumotnomasi). Bu takliflarning joriy qilinishi tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tiliga oid bilimlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
talabalarning ingliz tilini o‘qitish sifati, o‘quv – bilish faoliyati, innovatsion va ijodiy faoliyat komponentlari A-1-100 raqamli «Tibbiyot xodimlari uchun chet tili, axborot kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha uzluksiz malaka oshirish tizimini yaratish va uning samaradorligini oshirish» amaliy granti loyihasi doirasida rivojlantirilgan (2015-2017 yy.) (Hududiy innovatsiya faoliyati transferi markazining 2017 yil 17 avgustdagi 44-2-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot ta’lim yo‘nalishlari talabalarining mutaxassislik doirasida amaliy chet tilini bilish darajasi 36,7 % ga oshgan.