Juraev Erkin Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikroiqlimi boshqariladigan maxsus inshootlarda zaytun (Olea europaea L.) ko‘chatlarini etishtirishning intensiv texnologiyasi», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx284.
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abdixalil Kayimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshonkulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikroiqlimi boshqariladigan maxsus inshootlarda zaytun (Olea europaea L.) ko‘chatlarini etishtirishning intensiv texnologiyasini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zaytun ko‘chatlarini yashil qalamchasidan ko‘paytirish uchun maxsus inshootning mikroiqlimi takomillashtirilgan;
zaytun o‘simligi yashil qalamchalarining yuqori darajada ildiz olishini ta’minlovchi substrat turi va ularning maqbul nisbati aniqlangan;
zaytun yashil qalamchalarida rizogenez va regeneratsiya jarayonlarini jadallashtiruvchi o‘stiruvchi modda turi va uning maqbul konsentratsiyasi tanlangan;
zaytun yashil qalamchalari ildiz oluvchanligi, o‘sishi va rivojlanishi bilan ekish muddatlari hamda ekish sxemalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik (r=0,98) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mikroiqlimi boshqariladigan maxsus inshootlarda zaytun ko‘chatlarini etishtirishning intensiv texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Zaytun ko‘chatlarini yashil qalamchalardan ko‘paytirish» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/030-303-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida zaytun ko‘chatlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
zaytun qalamchalarini har xil substratlarga ekish muddati va sxemalarining ko‘chatlarni ildiz otish sifati o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ishlanma Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida 0,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/030-303-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 0,1 gektar maydonda 44356 dona yuqori sifatli ko‘chat etishtirilib, iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha 155,2 mln. so‘mni tashkil etgan;
zaytun qalamchalariga ekish oldidan o‘sishni boshqaruvchi modda (IMK) bilan ishlov berishning ko‘chatlarni ildiz otish sifati, o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ishlanma Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Bo’riev Xodja Badalovich” bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida 0,1 gektar maydonda, zaytunni yashil qalamchalaridan ko‘chat etishtirishning intensiv texnologiyasi bo‘yicha Oltinsoy tumani “Sumbul Sulton Movia” fermer xo‘jaligida 0,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/030-303-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligidan 44250 dan 47100 donagacha yuqori sifatli ko‘chat etishtirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 154,8 mln. dan 164,8 mln. gacha so‘mni tashkil etgan;
zaytun ko‘chatlarini vegetativ yo‘l bilan etishtirish uchun maxsus inshootning mikroiqlimi, har xil substratlar, ularning agrokimyoviy va suv-fizik xususiyatlari, asosiy oziqa elementlarining qulay me’yorlarini aniqlash texnologiyasi Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Bandixon va Denov eksperemental tajriba xo‘jaliklarida jami 0,2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/030-303-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba xo‘jaligidan o‘rtacha 82350 dona yuqori sifatli ko‘chat chiqishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 228,2 mln. so‘mni tashkil etgan.