Gopirov Maxmudjon Odiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asaka avtomobil zavodi: hududiy va tarmoq rivojlanishi xususiyatlari, Farg‘ona mintaqasi iqtisodiyoti va sanoatining transformatsiyasiga ta’siri», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr219.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Mo‘minjon Mamajonovich, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Usmanov Zakir Karimovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Farg‘ona mintaqasida Asaka avtomobil zavodining iqtisodiyotni tashkil etishdagi o‘zgarishlarga va sanoatning transformatsiyasiga ta’sirini iqtisodiy-geografik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor avtomobil zavodi faoliyatining mintaqa sanoatining hududiy va tarmoq tuzilmasini rivojlantirishga va Farg‘ona mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga ta’sirini kompleks iqtisodiy-geografik xususiyatlari aniqlangan;
mintaqada avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishining asosiy omillarini tahlil qilish natijasida, uning mintaqaviy iqtisodiyotni transformatsiyasidagi multiplikativ effekti aniqlangan;
Farg‘ona mintaqasi viloyalaridagi iqtisodiy vaziyatni qiyosiy geografik tahlil qilish natijasida mintaqa sanoati va iqtisodiyotini modernizatsiyalashga maqbul klasteri nazariy jihatdan asoslangan;
ArcGIS dasturi yordamida ilk bor 1:250000 masshtabdagi Farg‘ona mintaqasining avtomobilsozlik sohasiga oid kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari joylashuvi xaritalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asaka avtomobil zavodi: hududiy va tarmoq rivojlanishi xususiyatlari, Farg‘ona mintaqasi iqtisodiyoti va sanoatining transformatsiyasiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtomobil zavodi faoliyatining mintaqa sanoatining hududiy va tarmoq tuzilmasini rivojlantirishga va Farg‘ona mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga ta’sirini aniqlovchi kompleks iqtisodiy-geografik takliflardan «UzAuto Motors» AJ amaliyotida foydalanilgan («UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 30 martdagi 17/17-25-0407-son ma’lumotnomasi). Natijada, Asaka avtomobil zavodining Farg‘ona mintaqasi bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishga, iqtisodiyotga, sanoat tarkibiy tuzilishiga va aholini ish bilan ta’minlash masalalariga ta’sir etishini aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona mintaqasida avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishining aniqlangan mintaqaviy iqtisodiyotni transformatsiyasidagi multiplikativ effektidan «UzAuto Motors» AJ amaliyotida foydalanilgan («UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 30 martdagi 17/17-25-0407-son ma’lumotnomasi). Natijada, butlovchi buyumlar va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bazaviy xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha tarmoqlararo koopreratsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga importning ulushini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bergan;
Farg‘ona mintaqasidagi mavjud iqtisodiy vaziyatni qiyosiy geografik o‘rganish va sanoatini modernizatsiya qilishning strategik jihatdan maqbul rivojlantirish klasteri «UzAuto Motors» AJ amaliyotiga joriy etilgan («UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 30 martdagi 17/17-25-0407-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona iqtisodiy rayoni sanoatini samarali rivojlantirtishning istiqbolli yo‘nalishlariga doir ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini bergan;
Farg‘ona mintaqasining avtomobilsozlik sohasiga tegishli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlari joylashuvini ifodalovchi 1:250 000 masshtabli turkum kartalari «UzAuto Motors» AJ amaliyotiga joriy etilgan («UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 30 martdagi 17/17-25-0407-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati ma’muriy tumanlariga tegishli iqtisodiy-ijtioiy ma’lumotlarni kengaytirish va axborotlar bazasini yangilash imkonini bergan.