Tilakov Navruz Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va nazoratini takomillashtirish» (o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTM misolida), 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2610.
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va nazoratini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish uchun 343610 (175/1) - “Talabalar bilan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha hisob-kitoblar” va 343620 (175/2) — “Fanlardan akademik qarzdor talabalar bilan hisob-kitoblar” nomli alohida ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblarda undiriladigan pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 102409/1 (111/1) — “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan pul mablag‘lari” va 102409/2 (111/2) — “Akademik qarzdor talabalardan undirilgan pul mablag‘lari” nomli alohida ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha moliyaviy natijalarni o‘quv yili uchun aniqlashning zarurligi asoslangan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha ichki audit tadbiri natijalari yuzasidan auditorlik hisobotining namunaviy shakli taklif etilgan.
VI.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish uchun 343610 (175/1) - “Talabalar bilan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha hisob-kitoblar” va 343620 (175/2) — “Fanlardan akademik qarzdor talabalar bilan hisob-kitoblar” nomli alohida ishchi schyotlarni kiritish taklifi Qarshi davlat universitetining hisob siyosati (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 30 noyabrdagi 780-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 89-04-383-son ma’lumotnomalari)da o‘z aksini topgan. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli hamda kredit modul tizimi asosida fanlardan akademik qarzdorlik bo‘yicha undiriladigan to‘lovlarni alohida hisobga olish, ular yuzasidan analitik hisob ishlarini yuritish va tahliliy axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblarda undiriladigan pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 102409/1 (111/1) — “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan pul mablag‘lari” va 102409/2 (111/2) — “Akademik qarzdor talabalardan undirilgan pul mablag‘lari” nomli alohida ishchi schyotlarini kiritish taklifi Qarshi davlat universitetining hisob siyosati (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 30 noyabrdagi 780-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 89-04-383-son ma’lumotnomalari)da o‘z aksini topgan. Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli hamda kredit modul tizimi asosida fanlardan akademik qarzdorlik bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini alohida hisobga olish, analitik hisob ishlarini yuritish va tahliliy axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha moliyaviy natijalarni o‘quv yili uchun aniqlash taklifi Qarshi davlat universitetining hisob siyosati (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 30 noyabrdagi 780-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 89-04-383-son ma’lumotnomalari)da o‘z aksini topgan. Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar, olingan daromadlar hamda moliyaviy holatni o‘quv yili bo‘yicha aniqlash imkoniyati yaratilgan.
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha ichki audit tadbiri natijalari yuzasidan auditorlik hisobotining namunaviy shakliga oid ishlab chiqilgan taklifi Qarshi davlat universiteti ichki audit xizmatining bosh rejasi (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 30 noyabrdagi 780-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 89-04-383-son ma’lumotnomalari)da o‘z aksini topgan. Buning natijasida oliy ta’lim muassasasida ichki audit xizmati tomonidan talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha o‘tkazilgan audit tadbirlari bo‘yicha audit hisobotini shakllantirish, moliyaviy xatoliklarni umumlashtirib borish, moliyaviy faoliyatga aloqador samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan.