Tashpulatov Dilshod Abdusalixovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta xomashyosini va tolani tozalashning samarali texnologiyasini yaratishning ilmiy amaliy asoslari” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga
dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.DSc/T511
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy maslaxatchi: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent. Ergashev Jamoliddin Samatovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash va tolani tozalashning yangi samarali texnologiyasini va uni amalga oshiruvchi uskunalar tizimini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tozalash texnologik tizimida mayda iflosliklardan tozalash samarasini qoziqli baraban qoziqlari va to‘rli yuza oraliq masofasini optimallashtirish orqali oshirish, yirik iflosliklardan tozalashda arrachali barabanini sinusoidal kolosnikli panjara o‘rnatilgan paxtani mayda va yirik iflosliklardan ikki bosqichli tozalash texnologisi ishlab chiqilgan;
ikki arrali tola tozalagichning jindan tolani uzatish quvurini markazdan qochma kuch ta’sirida ishlovchi tirqishli tirsakga ega bo‘lgan qo‘shimcha aerodinamik tola tozalagichi qo‘shilgan xolda aeromexanik tola tozalagichi ishlab chiqilgan;
har bir turli o‘lchamda joylashgan qoziqchali barabandagi paxta massasining to‘rli yuza bo‘ylab harakati davomida uning tarkibidagi iflosliklar bilan to‘rli yuza orasida kontakt kuchi hosil bo‘lib uning ta’siri ostida iflosliklar fazoviy harakatga kelishida bir qismi to‘rli yuzaning teshiklaridan chiqib ketishi aniqlangan;
mayda iflosliklardan tozalashda iflosliklar va to‘rli yuza orasida hosil bo‘lgan kontakt kuchi ta’sirida bir hil tozalash samaradorligiga erishishda qoziqchalar bilan to‘rli yuza orasidagi masofa, burchak tezliklar va paxta orasidan oqib o‘tuvchi paxta massasiga bog‘liqlik tenglamalari ishlab chiqilgan;
tolalardagi yirik iflosliklarni ajratishda ularning quvurdagi so‘ruvchi kuchi va og‘irligini, egri zichlikni xisobga olgan holda aerodinamik tola tozalash quvurida toladan markazdan qochma kuch ta’sirida yirik iflosliklarni ajratishda tolalar va yirik iflosliklarni massalariga hamda chiqindi chiqarish tirqishining yuzalariga bog‘liqlik ifodalari olingan;
to‘liq omilli tajribalar asosida uch faktorli tajribalar o‘tkazilib, taklif etilgan paxtani va tolani tozalash texnologiyasida kolosniklar oraliq masofasi, barabanning aylanish tezligi va tola tozalagichning ifloslik chiqish tirqishini ochilish masofasi kabi ratsional ish rejimlari va parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta xomashyosini va tolani tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
paxta xomashyosini va tolani iflosliklardan tozalash texnologik jarayonidagi qurilmalarga Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk federal hizmatidan uchta ixtiroga patenti olingan: («Ochistitel` xlopka-sirsa», RF № 2784500-2022 g.; «Kolosnikovaya reshetka ochistitelya voloknistogo materiala», RF № 2710829-2019 g; «Ochistitel` volokna», RF № 2783448-2022 g.). Ilmiy natijalar paxta xomashyosini va tolani iflosliklardan samarali tozalash uskunalarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
ishlab chiqilgan yangi paxta tozalash uskuna va texnologiyalari “Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan Toshkent viloyati “APK BUKA” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasida paxtani tozalash sexiga joriy etilgan (“Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 19.01.2023 yildagi №02/22-22 ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan texnologik jarayonning iflosliklardan tozalash samaradorligi mavjud texnologik jarayonga nisbatan I-navda 3,4 foiz, IV-navda 5,4 foizga yuqori bo‘lishga va qayta ishlangan paxtadan olingan tolaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilandi.
ishlab chiqilgan tolani tozalashning aeromexanik uskunasi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan Toshkent viloyati “APK BUKA” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasida jinlash sexiga joriy etilgan (“Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 19.01.2023 yildagi №02/22-22 ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan tola tozalagichning tozalash samarasi amaldagi 5VPM tola tozalagichidan sanoat navlari bo‘yicha 6,4÷8,2 % ga yuqori, tozalangan tolada ulyuk va iflos aralashmalar miqdori 0,3% ga va chiqindining toladorligi esa 5,9÷1,7 % ga kamayishi aniqlandi.