Amirdjanova Sitora Sunnat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barqaror iqtisodiy o‘sish shartotida aholi bandligining makroiqtisodiy jihatlari», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2088
Ilmiy rahbar: Abdurahmonova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03.30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gabzalilova Vinera Tursunovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi sharoitida aholi bandligini ta’minlashning makroiqtisodiy yo‘nalishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makroiqtisodiy darajada mehnat bozorida talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kompleksini e'tiborga olgan holda mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi va aholi bandlik ko‘rsatkichlarining 2027 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
iqtisodiy o‘sish sharoitida norasmiy bandlikni optimallashtirish, samarali bandlik va ichki imkoniyatlardan foydalanish samaradorligiga ko‘ra oilaviy korxonalarni stsenariyli-modeli rivojlanishiga ko‘ra   opti-mallashtirilgan rivojlanish modelining 2027 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va aholining demografik ortib borishi sharoitida samarali bandlikni ta’minlash, malakali kadrlarga bo‘lgan talab va taklif mutanosibligini muvofiqlashtirish, norasmiy band-likni kamaytirish borasida mahallalarda norasmiy bandlikni kamaytirish bo‘yicha birmartalik bandlikka ko‘ra davlat-xususiy sheriklik markazlarini tashkil etish asoslangan;
malakali kasblar etishmasligiga mehnat bozori adaptatsiyasini mazkur jarayonni ustuvor darajada hududdagi iqtisodiy va mehnat bozori holati darajasida tatqiq etish hisobiga chuqurlashtirgan holda natijalaridan mahalliy hokimyat organlari boshqaruvi va moliyalashtirishda ustuvor darajada foydalanishning  muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyot-ning barqaror o‘sishi sharoitida aholi bandligini ta’minlashning makroiqtisodiy yo‘nalishini tkomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
makroiqtisodiy darajada mehnat bozorida talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kompleksini e'tiborga olgan holda mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi va aholi bandlik kabi ko‘rsatkichlarning 2027 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Yangi ish o‘rnilarini yaratish bo‘yicha hududiy dasturlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023 yil 16 martdagi 01/00-04/10-1583-sonli -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni to‘laroq qamrab olish, mutaxassislarga yillik qo‘shimcha ehtiyojning statistik ta’minotini takomillashtirish, mehnat bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
iqtisodiy o‘sish sharoitida norasmiy bandlikni optimallashtirish, samarali bandlik va ichki imkoniyatlardan foydalanish samaradorligiga ko‘ra oilaviy korxonalarni stsenariyli-modeli rivojlanishiga ko‘ra   opitmallashtirilgan rivojlanish modelining 2027 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan aholini mehnat bilan bandligi darajasini oshiish strategiyasi, shuningdek, aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023 yil 16 martdagi 01/00-04/10-1583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi, yangi ish o‘rinlarini oilaviy korxonalarni rivojlantirish va xotin-qizlarning ish bilan bandligini ijtimoiy masalaalar bilan uyg‘unligiga ko‘ra ta’minlash darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va aholining demografik ortib borishi sharoitida samarali bandlikni ta’minlash, malakali kadrlarga bo‘lgan talab va taklif mutanosibligini muvofiqlashtirish, norasmiy band-likni kamaytirish borasida mahallalarda norasmiy bandlikni kamaytirish bo‘yicha hamkorlik asosida davlat-xususiy sheriklik markazlarini tashkil etish kabi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Yangi ish o‘rnilarini yaratish bo‘yicha hududiy dasturlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va kamba-g‘allikni qisqartirish vazirligiing 2023 yil 16 martdagi 01/00-04/10-1583-sonli ma’lumotnomasi). Takliflar yangi ish o‘rnilarini yaratish, joylarda xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish va malakali kadrlarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
malakali kasblar etishmasligiga mehnat bozori adaptatsiyasini mazkur jarayonni ustuvor darajada hududdagi iqtisodiy va mehnat bozori holati darajasida tatqiq etish hisobiga chuqurlashtirgan holda natijalaridan mahalliy hokimyat organlari boshqaruvi va moliyalashtirishda ustuvor darajada foydalanishning muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Yangi ish o‘rnilarini yaratish bo‘yicha hududiy dasturlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiing 2023 yil 16 martdagi 01/00-04/10-1583-sonli ma’lumotnomasi). Takliflardan amaliyotda foydalanish hududlarda kadrlar tayyorlash jarayonini samarali tashkil qilish, mehnat bozorini malakali kasblarga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish