Narmanov Ulug‘bek Abdugapporovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Uy xo‘jaligida bandlikni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.01 - “Iqtisodiyot nazariyasi”, 08.00.10 - “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2473
Ilmiy rahbar: Mirzakarimova Muyassar Muminovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Toshbolta To‘xtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uy xo‘jaligida bandlikni taminlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
IV. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada xotin-qizlarning uy xo‘jaligida samarali bandligini ta’minlashga tadbirkorlik sub’ektlariga davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan har bir bandligi ta’minlangan xotin-qizlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish orqali erishish taklifi asoslangan;
aholining doimiy va mavsumiy ish bilan bandligini oshirishga ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va pilla xom-ashyosini etishtirishda barpo etilayotgan tutzorlarda ipakchilik klasterlarini tashkil qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
uy xo‘jaligida bandlikni ta’minlash mexanizmini ishsiz aholiga kichik intensiv bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun alohida er maydonlarini ajratish orqali takomillashtirish taklifi nazariy jihatdan asoslangan;
2023-2027 yillarda respublika uy xo‘jaliklarida bandlikni ta’minlashning bazaviy, inersion va mobilizatsion muqobil ssenariylariga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada xotin-qizlarning uy xo‘jaligida samarali bandligini ta’minlashga tadbirkorlik sub’ektlariga davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan har bir bandligi ta’minlangan xotin-qizlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 sentyabrdagi 650-son “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining b-bandi 3-punktini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yil 7 apreldagi №01/00-00/28-2293-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat granti ajratilishi orqali qishloq joylarida ijtimoiy muhtoj oilalarni uy sharoitida kasanachilik asosida xotin-qizlarni ish bilan band qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqishga erishilgan;
aholining doimiy va mavsumiy ish bilan bandligini oshirishga ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va pilla xom-ashyosi etishtirishda barpo etilayotgan tutzorlarda ipakchilik klasterlarini tashkil qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 martdagi 128-son “Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriing 1-bandini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2023 yil 29 martdagi №4-1/629-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada ipakchilik sohasini rivojlantirish orqali aholining mehnatga layoqatli qismini doimiy va mavsumiy ish bilan samarali bandligini ta’minlashga erishiladi;
uy xo‘jaligida bandlikni ta’minlash mexanizmini ishsiz aholiga kichik intensiv bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun alohida er maydonlari ajratish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining 2023 yil 30 martdagi 10-Q/Q-son “Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori 17-bandining 7 qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 2023 yil 07 apreldagi №02/04-10/163-sonli ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishsiz fuqarolarga er maydoni ajratish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirishga katta imkoniyat yaratiladi;
2023-2027 yillarda respublika uy xo‘jaliklarida bandlikni ta’minlashning bazis, inersion va mobilizatsion muqobil senariylariga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida respublikada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning istiqboldagi yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi 2023 yil 31 yanvardagi №04-08/319-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi respublikada oilaviy mehmonxonalarni ko‘paytirish, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va yangi ish o‘rinlari sonini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini yaratadi.