Amonova Nazokat Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2558.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatli qog‘ozlar bozorida dividend va foiz tarzida keladigan daromadlarni soliqdan ozod qilish asosida investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish taklifi ilmiy asoslangan;
davlat aktivlarini xususiylashtirishda savdoga qo‘yilgan aktivlarning boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan hamda professional tashkilotlarni jalb qilgan holda talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan sotish taklifi asoslangan;
davlat mulkini sotib olgan investor uchun barcha xavf-xatarlarni hisobga olgan holda, sotilgan davlat aktivlarining bir qismini investor tomonidan alohida shartlar asosida kredit olish uchun garovga qo‘yish taklifi asoslangan;
korxonalar faoliyatini investisiya majburiyatlari bajarilishini raqamlashtirish asosida samarali monitoringni tashkil etish orqali investisiyalarning moliyaviy samaradorligini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qimmatli qog‘ozlar bozorida dividend va foiz tarzida keladigan daromadlarni soliqdan ozod qilish asosida investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvardagi «Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–90-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 2 dekabrdagi 08-71/4144-son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgan imtiyoz orqali kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashda investorlar ixtiyorida 50,0 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromad olishga erishilgan;
davlat aktivlarini xususiylashtirishda savdoga qo‘yilgan aktivlarning boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan hamda professional tashkilotlarni jalb qilgan holda talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan sotish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 2 dekabrdagi 08-71/4144-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 70 ta davlat aktivini mazkur uslubda sotilishi belgilanib, shundan 25,7 foizi sotilgan;
davlat mulkini sotib olgan investor uchun barcha xavf-xatarlarni hisobga olgan holda, sotilgan davlat aktivlarining bir qismini investor tomonidan alohida shartlar asosida kredit olish uchun garovga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 2 dekabrdagi 08-71/4144-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, investorlarga sotilgan 5,9 trln. so‘mlik ob’ektlar hisobiga kreditdagi baholashni (20 foiz chegirma) hisobga olgan holda 4,8 trln so‘m jalb qilish imkonini bergan;
korxonalar faoliyatini investisiya majburiyatlari bajarilishini raqamlashtirish asosida samarali monitoringni tashkil etish orqali investisiyalarning moliyaviy samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 2 dekabrdagi 08-71/4144-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investorlar tomonidan mamlakat investisiyalarning moliyalashtirish hajmi oshib, 2022 yilda 112 ta tadbirkorlarning murojaatlariga asosan 1,7 trln. so‘mlik investisiya majburiyatlarini bajarish muddati uzaytirilgan, shuningdek, 323 ta ob’ekt to‘liq ishga tushirilib, 1,6 trln so‘m hajmida investisiya kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish